Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.
Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Beshinchi “oltin” O‘zbekiston uchun barcha Olimpiadalar rekordi bo‘ldi. Jamoa medallar jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekistonlik 21 yoshli taekvondochi Ozoda Sobirjonova Olimpiada bronza medali uchun kechgan bahsda so‘nggi uch soniyagacha oldinda borganiga qaramay, yakunda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.
Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida O‘zbekistonning 13 nafar atleti sportning 5 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo va suvga sakrash bo‘yicha chiqish qiladi. Ikki bokschi oltin medal uchun ringga chiqsa, ikki kurashchi bronza medali uchun bahsga kirishadi.
Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov o‘zbekistonliklarga ko‘rsatayotgan qo‘llovi uchun minnatdorchilik bildirdi. “Mamlakatimizda tug‘ilganimdan nihoyatda xursandman va nihoyatda faxrlanaman. Butun xalqimizga aytmoqchimanki, qo‘llab-quvvatlovingiz maksimal darajada sezildi”, — dedi u.
O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning final jangida fransiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga ega chiqqan birinchi bokschi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov Parijdagi Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va “oltin” uchun jang qiladigan beshinchi bokschiga aylandi. Finalda unga o‘zbekistonlik boks murabbiyi yordam bergan qirg‘izistonlik sportchi raqib bo‘ladi.
Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixidagi ilk ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi.
O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiya chempioni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitov o‘z faoliyatida ikkinchi bor Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va O‘zbekistonga medalni kafolatladi.
Olimpiadaning 13-kunida bokschi Hasanboy Do‘smatov finalda, Abdumalik Xalokov yarim finalda jang qiladi. Taxmina Ikromova badiiy gimnastika, Ulug‘bek Rashitov esa taekvondo bahslariga kirishadi. Zamonaviy beshkurashda Alise Faxrutdinova, erkin kurashda G‘ulomjon Abdullayev va Javrail Shapiyev bahs olib boradi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Parij Olimpiadasi finaliga yo‘l oldi. U Olimpiada o‘yinlarida “oltin” uchun jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘lmoqda.
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Parij Olimpiadasini medalsiz yakunladi. 40 yoshli Rustam Assakalov (-97 kg) bronza uchun jangda yelkasidan jarohat olib, bahsni muddatidan avval to‘xtatdi. Aram Vardanyan (-77 kg) ham 3-o‘rin uchun bellashuvda mag‘lub bo‘ldi. Islom Bahromov (-60 kg) esa ¼ finalgacha yetib bordi.
3−4-avgust kunlari Tokioda karate bo‘yicha uchinchi ochiq jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi 30 ta medal jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy taqdirlandi. Akmal Hasanovga bu ishi uchun qo‘shni mamlakatning xalqaro jamoat birlashmasi tomonidan “Chingiz Aytmatov” medali berildi.
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan va Rustam Assakalov o‘tish bahslarida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medallari uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi (video, foto).
FIFA Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekiston mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati rasmiy timsoli bo‘lganini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting