Sport

Yevro-2024 stadionlari: ular bilan qanchalik tanishsiz?
21 iyun 2024, 16:57

Yevro-2024 stadionlari: ular bilan qanchalik tanishsiz?

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlari Germaniyadagi 10 ta stadionda o‘tkazilmoqda. Ularning ayrimlari ishqibozlarga ancha tanish. “Taktika” jamoasi mazkur o‘yingohlar bo‘yicha jamlanmani taqdim etadi.

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi
20 iyun 2024, 16:40

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi

O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida 5 kishi bo‘lib qatnashadi — Nikita Rafalovich so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu XOQning neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmagani bilan bog‘liq. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 4 dan ortiq yo‘llanma bo‘lmagan.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 62-o‘ringa chiqdi
20 iyun 2024, 16:36

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 62-o‘ringa chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 62-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa hamon 8-o‘rinda.

Grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev UzChess Cup superturniri g‘olibi bo‘ldi
15 iyun 2024, 16:59

Grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev UzChess Cup superturniri g‘olibi bo‘ldi

Sovrin jamg‘armasi 166 ming dollarni tashkil qiluvchi UzChess Cup 2024 xalqaro turnirida Nodirbek Yoqubboyev g‘olib bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan turnir haqida suhbatlashdi.

Yevro-2024: Superkompyuter guruh favoritlarini aniqlab berdi
14 iyun 2024, 10:48

Yevro-2024: Superkompyuter guruh favoritlarini aniqlab berdi

Yevro-2024 boshlanishiga oz qoldi. Turnirda qaysi jamoa favorit ekanini ko‘pchilik muhokama qilmoqda. “Taktika” jamoasi Opta tahlillariga asoslanib, Yevropa chempionatining guruh bosqichi natijalari bo‘yicha taxminlarni ko‘rib chiqdi.

O‘zbekistonlik sportchilar samolyotni siljitish tezligi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi (+foto, video)
13 iyun 2024, 17:27

O‘zbekistonlik sportchilar samolyotni siljitish tezligi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi (+foto, video)

O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining 7SABER brendi ostida ishtirok etgan olti nafar sportchidan iborat jamoasi Silk Avia`ning 13,5 tonna og‘irlikdagi samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib borib, Ginnes rekordini o‘rnatdi. Foto, video.

Qozog‘istonda o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik veloshossechilar 5 ta medal oldi
13 iyun 2024, 11:37

Qozog‘istonda o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik veloshossechilar 5 ta medal oldi

Olmaota shahrida o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega bo‘ldi.

JCH-2026 saralash: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan yana durang o‘ynadi
11 iyun 2024, 23:54

JCH-2026 saralash: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan yana durang o‘ynadi

JCH-2026 saralash o‘yinlari ikkinchi bosqichining so‘nggi uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi — 0:0. Shu tariqa milliy terma jamoa guruhda Erondan keyingi 2-o‘rinni egallab, saralashning 3-bosqichiga yo‘l oldi (foto, video, statistika).

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan yo‘li haqida hujjatli film tayyorlamoqda
11 iyun 2024, 19:35

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan yo‘li haqida hujjatli film tayyorlamoqda

Film O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadagi tarixiy ishtiroki tomon bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi.

Shaxmatchi Abdimalik Abdisalimov Sahibkiran Amir Temur Cup g‘olibi bo‘ldi
7 iyun 2024, 23:43

Shaxmatchi Abdimalik Abdisalimov Sahibkiran Amir Temur Cup g‘olibi bo‘ldi

Toshkentda sovrin jamg‘armasi 20 ming dollarni tashkil qiluvchi Sahibkiran Amir Temur Cup musobaqasida o‘zbekistonlik grossmeyster Abdimalik Abdisalimov g‘olib chiqdi.

O‘zbekistonlik para velosportchilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni oldi
7 iyun 2024, 10:14

O‘zbekistonlik para velosportchilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni oldi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Tailand ikkinchi, mezbonlar esa uchinchi o‘rinni oldi.

JCH-2026 saralash: O‘zbekiston Turkmanistonni yana mag‘lub etdi (video)
7 iyun 2024, 09:52

JCH-2026 saralash: O‘zbekiston Turkmanistonni yana mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 saralash turnirining beshinchi turida Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto, statistika).

Zaamin Ultra marafonida 2100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (foto)
4 iyun 2024, 16:38

Zaamin Ultra marafonida 2100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (foto)

Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik harbiy taekvondochilar JCHda 12 medalni qo‘lga kiritdi
4 iyun 2024, 11:45

O‘zbekistonlik harbiy taekvondochilar JCHda 12 medalni qo‘lga kiritdi

Mungyong (Janubiy Koreya) shahrida o‘tkazilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 oltin, 2 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu natija tufayli erkaklar ham, ayollar ham jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi.

“Nasaf” O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga aylandi (+video)
29 may 2024, 22:58

“Nasaf” O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga aylandi (+video)

Qarshining “Nasaf” klubi poytaxtning “Paxtakor"ini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, uch karra O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi (video, foto).

Futzal bo‘yicha JCH o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi
29 may 2024, 10:14

Futzal bo‘yicha JCH o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi

O‘zbekistonda 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi. Shuningdek, ular uchun jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Yaponiyada o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston 3-o‘rinni oldi
28 may 2024, 17:16

Yaponiyada o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston 3-o‘rinni oldi

Yaponiyaning Kobe shahrida o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etdi. 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal olgan jamoa Xitoy va Braziliyadan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik o‘smirlar og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 12 ta medal oldi
27 may 2024, 13:50

O‘zbekistonlik o‘smirlar og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 12 ta medal oldi

Peru davlatida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi 12 ta medal oldi.

Foto: Samarqandda futzal bo‘yicha JCHning guruh bosqichiga qur’a tashlandi
26 may 2024, 23:41

Foto: Samarqandda futzal bo‘yicha JCHning guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Registon maydonida futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 turniri guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi, jamoaga Niderlandiya, Paragvay va Kosta-Rika raqiblik qiladi. “Gazeta.uz” jarayondan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Toshkentda nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida marafon bo‘lib o‘tdi
26 may 2024, 23:03

Foto: Toshkentda nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida marafon bo‘lib o‘tdi

Toshkentda o‘tkazilgan yugurish marafonida 100 dan ortiq bola, jumladan, 60 nafar nogironligi bo‘lgan bola ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi nogironligi bor bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish hamda barcha sohalarda inklyuzivlikni ta’minlash zarurligini ta’kidlash sanaladi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting