Buxoroda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan Bohouddin Naqshband xalqaro xotira turnirining g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Yarim himoyachi Eldor Shomurodov Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida dubl qayd etib, O‘zbekiston termasiga g‘alaba olib keldi.
O‘FA kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan «Zarangari» futbol klubi rahbari Furqat Toirovni 1 yilga futboldan chetlashtirdi va 20 million so‘m jarima jazosi qo‘lladi.
Velopoygachi Olga Zabelinskaya Italiyadagi Six Days of Rose International musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Moskvada o‘tkazilgan boks kechasida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev rossiyalik Maksim Churbanovni nokautga uchratdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovmeksikalik Norberto Gonsalesni nokaut evaziga mag‘lub etdi.
Sloveniyada o‘tkazilayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha «Ljubljana — Domžale — Ljubljana» xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik Olga Zabelinskaya kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Octagon 12 turnirida braziliyalik Uda Pereyrani 1-raundda nokautga uchratdi.
«Milliy» stadionda o‘tkazilgan O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 4:0 hisobida yakunlandi.
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning ilk professional jangida argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi ringga chiqadi.
Xitoy Gran-prisining balandlikka sakrash bahsida Nadiya Dusanova oltin medalni, Ruslan Qurbonov uch xatlab sakrashda bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Fijida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida o‘zbekistonlik Adhamjon Ergashev uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
«Liverpul» futbolchilari Yevropa Chempionlar ligasi finalida «Tottenxem» ustidan g‘alabaga erishdi. Jamoa 2005 yildan buyon ilk bor musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
2 iyun kuni Toshkentda Jahon velosiped kuni munosabati bilan velopoyga bo‘lib o‘tadi. 10:00 dan 12:00 ga qadar ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov sport federatsiyalari va assotsiatsiyalar ishtirokida Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 8 iyun kuni meksikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi.
«Tashkent Cup» xalqaro xokkey musobaqasida Latviya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyuradigan jamoalar ishtirok etadi.
Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov 2012-yilgi Olimpiadada doping iste’mol qilganlikda aybdor deb topildi.
O‘zbekiston Chang‘i sporti federatsiyasi Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi, Behzod Yakubov rais etib saylandi.
Mirjalol Qosimov «Paxtakor» jamoasidan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng AGMK klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting