Prezident 2025-yilda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasi qurilishini yana borib ko‘rdi. O‘yinlardan so‘ng majmua milliy sport turlari va aholi salomatligini muhofaza qilish markazi sifatida xizmat qiladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralashi ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston mehmoni bo‘ldi. Og‘ir kechgan o‘yinda o‘zbekistonliklar ikki bor kambek amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi — 2:3 (video, foto, statistika).
Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Parijda tarixiy natijaga erishgan Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklab, ularning muvaffaqiyatida davlat rahbarining hissasini ta’kidladi. “Olimpiadada 13-o‘rin, Paralimpiadada 13-o‘rin! Balki kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”, — dedi u.
BAAda o‘tgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-16 jamoasidan 23 nafar sportchi qatnashib, ularning barchasi medallarga ega chiqdi: 14 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza. 14 yoshgacha bo‘lgan bokschilar esa 10 ta medalni qo‘lga kiritdi: yarmi kumush, qolgan yarmi bronza.
Parijdan qaytgan paralimpiyachilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi va ularga sovg‘alar topshirildi. Jarayon qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf obyektivida.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Musobaqa sovrindorlariga pul, mashina va uy ko‘rinishidagi “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 9-sentabr kuni kechki 18:00 da Toshkent aeroportida (terminal-3) kutib olinadi. Sport vazirligi terma jamoani munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Parijda o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qo‘lga kiritib, medallar jadvalida 13-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi bo‘ldi. Bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
Prezident Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida oltin va bronza medal olgan sportchilar Nurxon Qurbonova hamda Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Paradzyudochi Dovurxon Karomatov -90 kg vazn toifasida gruziyalik raqibini yengib, bronza medalini oldi. U Tokio-2021 Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
Para pauerlifting bo‘yicha bahslarda Ro‘za Kuziyeva 147 kg natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uning natijasi birinchi o‘rinni egallagan braziliyalik sportchinikidan 1 kg kamroq bo‘ldi. O‘zbekiston uchun bu 9-kumush medaldir.
Nayza uloqtirish dasturida qatnashgan o‘zbekistonlik paraatlet Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etib, oltin medal oldi. Sportchi bu bilan o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi. Bir necha kun oldin Qurbonova yadro uloqtirish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 15 nafar a’zosi sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
O‘zbekiston delegatsiyasining eng yosh vakili, 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi. U nayza uloqtirish bahslarida 43,12 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi.
O‘zbekiston vakili Uchqun Quronboyev paradzyudo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U uchinchi o‘rin uchun bahsda janubiya koreyalik raqibini mag‘lub etdi. Bu — Quronboyev uchun Paralimpiadalardagi ikkinchi medal.
O‘zbekistonlik paradzyudochi Kumush Xodjayeva Paralimpiya o‘yinlari finalida yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Delegatsiya hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan dzyudochi Sherzod Namozov va uch karra “oltin” sohibi bo‘lgan Xusniddin Norbekovni telefon orqali tabrikladi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Tolibboy Yo‘ldashev disk uloqtirish bo‘yicha oltin, Temur Giyazov esa balandlikka sakrash bo‘yicha bronza medaliga ega bo‘ldi. Yo‘ldashev avvalroq yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medaliga ham ega chiqqandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting