Taekvondo bo‘yicha -48kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Ulug‘bek Rashitov musobaqa III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Kamolaxon Abdullayeva, Aleksandr Svechnikov va Sofiya Burxanova terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘ydi.
Denis Istomin Qozog‘istonning Almati shahrida mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada g‘olib bo‘ldi.
Indoneziyada III Paraosiyo o‘yinlaridan oldin O‘zbekiston davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Nukusdagi sport inshootlarida barcha yoshdagi insonlar uchun tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini kuzatdi va o‘zi ham ular bilan birgalikda bajardi.
«Yoshlar sport haftaligi» Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida tashkil etildi.
O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga Ahmadjon Rahimov rais etib tayinlandi.
Oksana Chusovitina Parijda bo‘lib o‘tgan jahon kubogida oltin medal sohibiga aylandi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Mahmudjon Boltaboyev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
1 oktyabr kuni Toshkentda 80 bosh zotdor tulpor ishtirokida otlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Elnur Abduraimov AQSHda professional boksdagi birinchi jangida Aron Jamil Xollisyni nokautga uchratdi.
Bahodir Jalolov professional ringdagi ikkinchi jangida meksikalik Eduardo Vitelani nokautga uchratdi.
29−30 sentyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon kubogida Oksana Chusovitina qatnashadi.
Professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan Bahodir Jalolov 29 sentyabr kuni AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Tashkent Open musobaqaning finalida rossiyalik tennischilar Margarita Gasparyan va Anastasiya Potapova o‘zaro bahs olib boradi.
Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan «Devis kubogi"da O‘zbekiston terma jamoasi Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Alamjon Mullayev O‘zbekiston karate federatsiyasi raisi etib saylandi.
Buenos-Ayres shahrida o‘tkaziladigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi sharafini 16 sport turida 37 nafar sportchi himoya qiladi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va tashkilotning vitse-prezidenti Serik Konakbayev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatildi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Sirdaryo viloyatida 5 nafar rahbar xodimni ishdan bo‘shatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting