UNICEF Surxondaryo viloyatidagi «Termez Cargo Centre» logistika markazidan og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan afg‘onistonlik oilalar uchun 16 ta yuk mashinasida 2,3 mln dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi.
Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari konferensiyasi yakuniy bayonotida aytiladi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan har qanday ijobiy qadam va o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi kerakligini ta’kidladi. O‘zbekiston TIV rahbari asosiy vazifa mamlakatda gumanitar halokatning oldini olish ekanligini eslatdi. «Vaziyatning keskinlashishi jamiyatda radikallashuv, turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar, ekstremizm kuchlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin», — dedi vazir.
Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ayni vaqtda energiyani yetkazib berish qayta tiklangan.
1992−1994 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan 15 tonna 447 kgdan ko‘proq giyohvandlik moddalari, shu jumladan, 1167 kg «gashish» to‘xtatib qolingani aks etgan tarixiy lavhalar e’lon qilindi. Yuklar ortilgan konteynerlar daryo orqali kemalarda olib kelingan.
Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi. Afg‘onistonning DABS kompaniyasi ilk bor Turkmaniston elektrini Kobulga ulashga muvaffaq bo‘ldi.
«Tolibon» hukumati O‘zbekistonni Pokiston portlari bilan bog‘laydigan Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘l yo‘nalishi Bag‘lon va Bomiyon orqali o‘tishini ma’lum qildi.
«Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylarini ushbu davlatlarga olib ketilgan afg‘on samolyotlari va vertolyotlarini qaytarishga chaqirdi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati mudofaa vaziri v. b. Muhammad Yoqubning aytishicha, agar davlatlar buni qilmasa, «ularni buning oqibatlari kutmoqda».
«Tolibon» harakatining muvaqqat hukumati avvalgi tuzum qulashi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan vertolyotlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Sobiq afg‘on uchuvchilari va rasmiylari qo‘shni davlatlarga 40 dan ortiq vertolyotni olib qochganligi aytilmoqda.
O‘zbekiston 2022-yilda Afg‘onistonga 2 mlrd kVt soat elektr energiyasini yetkazib beradi. Buni nazarda tutuvchi kelishuv Toshkentda imzolandi, uning umumiy qiymati 100 mln dollarni tashkil etadi.
Toshkentda afg‘on energetika kompaniyasi va mamlakat muvaqqat hukumati vakillaridan iborat delegatsiya bilan Afg‘onistonda «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi qurilishini davom ettirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Energetika vazirligi O‘zbekistondagi texnik muammolar tufayli Afg‘onistonning 15 provinsiyasi, jumladan, Kobulda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Afg‘oniston hukumati haydovchilarga mashinada musiqa yoqmaslik, shuningdek, ayollarni hijobsiz olib yurmaslik haqida yozma ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari, ayollarni uzoq masofaga hamrohsiz olib yurish ham taqiqlanadi.
Payshanba kuni O‘zbekistondan Afg‘onistonga gumanitar yordam yuklangan poyezd jo‘nab ketdi. 63 vagonga oziq-ovqat, kiyim-kechak va ko‘mir ortilgan.
Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev O‘zbekistondan o‘z vataniga qaytgan afg‘onistonlik qochoqlardan birortasi ham o‘ldirilgani yoki qamoqqa olinmaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini majburan qaytarish rejalashtirilmagan.
oktabr-noyabr oylarida Termizga yetkazilgan 40 tonnaga yaqin insonparvarlik yuki BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi tomonidan yuk mashinalarida Afg‘onistonga jo‘natildi.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov «Italiya — Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga, qolaversa, muzlatilgan xalqaro aktivlarni qaytarish va mamlakat bank tizimini tiklashda ko‘maklashishga chaqirdi.
Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar falokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga aniq yordam ko‘rsatish nihoyatda muhim hisoblanadi, deya ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Toliblar O‘zbekistonni Afg‘oniston hukumati qulaganidan keyin afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Avgust o‘rtalarida Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyoti Termiz xalqaro aeroportiga majburiy ravishda qo‘ndirilgan edi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov belgiyalik jurnalistning O‘zbekiston Afg‘oniston hukumatini shakllantirishda «Tolibon»ga ta’sir o‘tkazishga urinyaptimi yoki bu harakat bilan munosabatlarni qanday ko‘zda tutayotgani haqidagi savollariga javob berdi. «Biz afg‘on muammosi yukini mintaqa davlatlarining yelkasiga yuklamaslik kerak», — dedi vazir va ayrim davlatlar pul taklif qilayotgani va buning evaziga minglab afg‘on qochqinlarini qabul qilishni so‘rayotganini qo‘shimcha qildi. «Biz buni tushunmayapmiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting