Tarmoqlarda Andijon viloyatida pul evaziga mijozlar gaz quyish shoxobchasiga navbatsiz kiritilayotgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat Oltinko‘l tumanida sodir bo‘lgani va 2 nafar shaxs 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 15−22−29 dekabr va 5−12−19−26 yanvar kunlari Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Energetika vazirligi Andijonda 684,1 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilinganini aniqladi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Asaka tumanida viloyat IIB YHXB xodimi Spark mashinasida yo‘ldagi muzlama sabab ikki kishini urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11 dekabrdan boshlab Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 13-maktab stadioni buzilayotgani aytilgan xabar tarqaldi. «O‘zbekistonda maktabning yeriga ko‘z olaytirish — jinoyatku!», deyiladi xabarda. Keyinchalik viloyat hokimligi sud qaroriga asosan stadiondagi qurilishi tugallanmagan bino buzilishini ma’lum qildi.
Andijonda 3 kishining o‘limi, 38 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan yirik to‘qnashuvga yo‘l ta’mirlash korxonasining o‘zboshimchaligi sabab bo‘lgani aniqlandi. Korxona YHXX organlari bilan kelishmagan holda yo‘lning bir tomonida qarama-qarshi harakatni tashkil etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida yotgan erkak chiroq o‘chib qolishi sabab vafot etgani haqida xabar berildi. Energetika vazirligi buni rad etib, holatga izoh berdi.
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida oyoqlari kombaynning yanchuvchi qismiga kirib ketgan 35 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni bartaraf etish uchun 12 ta ekipaj va 3 ta avtonarvon jalb etildi. Voqea joyiga viloyat hokimi bordi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Qurilish vazirligi Andijondagi 50-maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi loyihaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani uchun to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vazirlik qurilish bo‘yicha barcha zarur xulosalar olinganini qayd etdi. Avvalroq prokuratura hokim qarori qalbaki ekanini ma’lum qilgandi.
Toshkent vaqti bilan 13:01 Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida sezildi.
Andijon shahridagi 50-maktab stadioni o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilmoqda. Yozda hibsga olingan shahar hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarori soxta bo‘lib chiqdi.
Andijon viloyatida 12 noyabr kuni epitsentri Jalaquduq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashining magnitudasi 3 ballni tashkil etdi.
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida tirkamaga osilib chiqmoqchi bo‘lgan 3-sinf o‘quvchisi mashina tagida qolib, vafot etdi.
Andijon viloyatining Andijon tumaniga Baxtiyor Mamatkarimov hokim etib tayinlandi. Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga esa Umrbek Jumaniyazov hokim bo‘ldi.
Shahrixon tumanida Spark bilan to‘qnashib, ag‘darilgan Cobalt yonib ketdi. Hodisa sabab ikki kishi jarohatlangan, halok bo‘lganlar haqida esa ma’lumot kelib tushmagan.
Andijonning Paxtaobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijonda IIB bilan hamkorlikda 994 dona «Lirika» hamda umumiy bahosi 68,7 mln so‘mlik 4 004 dona dori vositalari, Farg‘onada esa DXX tomonidan 240 dona «Tropikamid» psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Andijonda 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani va tergov jarayonlarida ular qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda. Ayblanuvchilarning yaqinlari ularni 8−10 yillab ozodlikdan mahrum qilishmoqchiligi, tergov vaqtida esa kaltaklaganini qayd etishdi. Ombudsman vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting