«armaniston» tegli maqolalar


Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi
12 yanvar 2021, 11:05

Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi

Armaniston hukumati koronavirusning tarqalishi tufayli karantin choralarini yarim yilga uzaytirishni qaror qildi. Ushbu qaror bilan birga ommaviy tadbirlarda 60 nafargacha ishtirokchilarga ruxsat berilgani bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.

Fransiya TIV Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi
27 noyabr 2020, 12:01

Fransiya TIV Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi

Fransiya o‘zini e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olmaydi, deb xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi. Avvalroq, Fransiya Senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga undaydigan rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 noyabr 2020, 21:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov ishlari, Armaniston poytaxtida bosh vazirga qarshi namoyishlar, Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlanishi haqida kelishuv imzolandi
10 noyabr 2020, 11:31

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlanishi haqida kelishuv imzolandi

Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga yon berib, bir nechta tumanlarni, shuningdek tan olinmagan respublikaning bir qismini Bokuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Qaror e’lon qilinganidan keyin Yerevanda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi
26 oktabr 2020, 12:58

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida tuzilgan ikkinchi tinchlik bitimi ham shu kunning o‘zidayoq buzildi. Soat 9:00 da Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Vashingtonda imzolangan yangi sulh kuchga kirgan edi. Bitim kuchga kirishi bilan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari yana hujum qilganini e’lon qildi. Ikki mamlakat bitimni buzishda bir-birini ayblamoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 oktabr 2020, 18:16

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tgani, Xitoy iqtisodiyotining yangi rekordi, Nursultonda yangi karantin choralari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda
28 sentabr 2020, 15:30

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 sentabr 2020, 19:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Jahon neft iste’molining keskin kamayishi, Rossiyada chet ellik fuqarolar uchun yangi talablar, Isroilda yangi karantin choralari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi
15 iyul 2020, 18:47

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi

Tashqi ishlar vazirligi Armanistan va Ozarbayjon chegarasidagi to‘qnashuvlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Holatning keskinlashishi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, iqtisodiy aloqalarni buzishi va mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkinligi sababli O‘zbekiston tomonlarni o‘ta sabr-toqatli bo‘lishga va siyosiy-diplomatik muzokalarga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting