Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga erishish uchun Toshkent va viloyatlar markazlari o‘rtasida kamida ikkita, viloyatlar o‘rtasida haftasiga bitta reys yo‘lga qo‘yish, kamida 7 ta samolyot va 6 ta tezyurar poyezd olib kelish rejalashtirilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” rahbari avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi. Yetti nafar haydovchi ishdan bo‘shatildi.
Buxoro shahriga Xitoyning 20 ta yangi Zhang Tong avtobusi keltirildi, ular 5-dekabrdan yo‘nalishlarga chiqariladi. 2024-yil iyuligacha yana 80 ta shunday avtobus yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Toshkentning bir qancha asosiy ko‘chalarida ketayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari “boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklamalar hosil qildi”, — deyiladi Transport vazirligi xabarida. Bu, o‘z navbatida, “barcha ko‘chalarda transport vositalari, jumladan, avtobuslar tezligining pasayishiga olib keldi”.
Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 16, 25, 117 va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi. Qisqargan yo‘nalishlarda yangi avtobuslar tashkil etilgan.
Dushanbadan Toshkentda yettita yangi avtobus yo‘nalishi va eng tig‘iz vaqtlarda ishlovchi uchta vaqtincha ekspress yo‘nalish tashkil etildi. Avgust oyi oxirida uchta yo‘nalish harakati qisqartirildi.
Toshkent shahrida ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilgani sababli avtobuslar boshqa shoxobchalarga borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ular joylarda katta navbatlarni yuzaga keltirgan. Bu masalani hal etish uchun “Toshshahartransxizmat” “Hududgazta’minot” bilan poytaxt hokimligida tezkor ishchi guruh tuzdi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga tungi vaqtda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi ish va dam olish vaqtini nazorat qiluvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. Avtobusga ichki ishlar organlari hamrohlik qilmaydi.
Toshkentdagi yana 8 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.
1-avgustdan 13-avgustga qadar OTMlarga kirish testlari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi.
30-iyun O‘zbekistonda Yoshlar kuni nishonlanadi. Toshkent shahri hokimligi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun bu kunda avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi.
Toshkent shahri hokimligi Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezyurar avtobuslar yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Loyihada xorij tajribasi asosida ko‘chalarni optimallashtirish nazarda tutilgan.
Bir yil avval poytaxt avtobuslarida tegajoqlikka qarshi kampaniya boshlangandi, bugun esa undan faqat chiptalardagi targ‘ibot qolgan, xolos. Tashkilotchilar loyiha davom etishi lozimligini, «Toshshahartransxizmat» esa takliflarga ochiqligini aytmoqda. Faqat «buning moliyaviy tarafi ham inobatga olinishi kerak».
16−17 dekabr kunlari Toshkentga 204 ta yangi avtobus olib kelinib, yo‘nalishga chiqarildi. Natijada avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25−30 daqiqadan 10−12 daqiqaga qisqargani aytilmoqda. Biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur.
Prezident topshirig‘idan so‘ng Toshkentga 20 ta MAN va 100 ta Isuzu avtobuslari keltirilib, haydovchilar qabuli haqida e’lon berildi. IIV avtoparkidan yana 30 ta Isuzu topshirildi. Biroq Isuzu`lar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagani sababli 2018 yildan ularni sotib olish taqiqlangandi.
Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun Transport vazirligi tomonidan 5000 ta avtobus va mikroavtobus sotib olish, 81 ta avtovokzal qurish va rekonstruksiya qilish hamda Damas mikrovenlaridan foydalanishdan voz kechish taklif etilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilar endi avtobus va elektrobuslarga old eshikdan chiqib, orqa eshikdan tushishi haqida ma’lum qildi. Bu ularga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilgani aytildi.
Navro‘z bayrami arafasida amaldagi shaharlararo avtobus qatnovlariga qo‘shimcha ravishda kuniga yana 10 dan ortiq qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi noqonuniy taksichilarga to‘g‘ri kelib qolmaslik uchun chiptalarni «Toshkent» avtovokzalidan xarid qilishni so‘ramoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting