O‘zbekiston gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishni qisqartirishda davom etmoqda. Noyabr oyida bu hajm 3,79 mlrd kub metrni tashkil etdi (2022-yil noyabriga nisbatan 10,2 foizga kam), yil boshidan buyon esa pasayish 4,5 mlrd kub metrdan oshdi. O‘tgan oyda benzin ishlab chiqarish ham kamaygan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan viloyatlardagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin mahsulotlarining nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada benzin sifati talabga javob bermagan 20 dan ortiq holat aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’molchilarga 300 mln so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.
Benzinga talab ortib borishi fonida Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari yonilg‘i ishlab chiqarishni 21,2 foizga — 4 ming tonnagacha oshirdi. “O‘zbekneftgaz”, shuningdek, mahalliy SDK Group And kompaniyasi Rossiyadan Ai-92 K5 benzini importini oshirgani haqida xabar berdi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab benzin ishlab chiqarishni ikki baravar — kuniga 1000 tonnagacha oshirishini ma’lum qildi. Qish mavsumida “yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban” shunday qaror qabul qilingan.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaning benzin eksportiga qo‘ygan taqiqi O‘zbekistonda yoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir qilganini aytdi. Hukumatlararo kelishuv imzolangandan so‘ng O‘zbekistonga noyabr oyida Rossiya benzini keldi. Jami 371 ming tonna benzin import qilinishi rejalashtirilgan.
Birjada Buxoro NQIZda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzinining maksimal xarid hajmini kuniga 4 tonnagacha pasaytirdi, deb yozadi Spot. Bu yoqilg‘i quyish shoxobchalari va brokerlar so‘ragan ayni chegaradir. Shu bilan birga, istisno tariqasida, boshqa ishlab chiqaruvchilarga 10 tonnadan sotishga ruxsat beriladi.
Rossiya hukumati avtomobil benzinini Rossiyadan olib chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi. Taqiq ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida 21-sentabrda joriy qilingandi.
Rossiya hukumati kelasi hafta dizel va benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.
O‘zbekistonda oktabr oyida AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.
O‘zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emas, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U nima sababdan birjada yoqilg‘i sotib olishga cheklov kiritilganini tushuntirdi.
Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilishi talabning bir necha barobar ortishiga va xaridorlarning ikki baravar qisqarishiga olib keldi, deb yozmoqda Spot. Ayrim AYOQSHlar faoliyatini to‘xtatdi. Birjada narx cheklovi ham kiritilgan bo‘lib, bu “bozor tamoyillariga zid”.
Toshkent shahrida UNG Petro tarmog‘idagi (“O‘zbekneftgaz”) yonilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-100 benzinini sotish boshlandi. Uning narxi 1 litri uchun 15,8 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi benzin sotib olishdagi cheklovlar tufayli taqchillik ehtimoli borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Qo‘mitaga ko‘ra, 17-oktabrdan benzin xaridi limiti 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilgan. Taqchillik va narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi.
To‘qqiz oy davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan O‘zbekistondagi xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olindi.
O‘zbekistonda dastlabki sakkiz oyda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga yoki 3,26 mlrd kub metrga kamaygan. Avgustda ishlab chiqarish 3,92 mlrd kub metrni tashkil etdi (o‘tgan yilning avgustiga nisbatan -9 foiz). Elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,7 foizga, ko‘mir — 10,4 foizga o‘sdi.
“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirmalar yakunlandi. Uning bir litri endi 7500 so‘m emas, 8600 so‘mni tashkil etmoqda.
Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga yoki 2,51 mlrd kub metrga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa o‘sdi, lekin iyun oyida pasayish qayd etildi. Neft ishlab chiqarish pasayishda davom etmoqda, benzin ishlab chiqarish keskin oshgan.
O‘zbekiston hukumati benzin uchun tovon puli miqdorini 55 foizga oshirdi. Har oylik to‘lovlar ayrim toifadagi shaxslarga beriladi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida rejali ta’mirlash ishlari tufayli “O‘zbekneftgaz” korxonalarida benzin ishlab chiqarish 71,3 foizga qamaydi. Kompaniya ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan oshirishini qayd etdi. “Gazeta.uz” yil boshidan buyon benzin ishlab chiqarish bir necha bor pasayganini yozgandi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 3 baravar — 139,6 ming tonnadan 46,2 ming tonnagacha qisqardi. Buning fonida neft va neft mahsulotlari importi keskin o‘sdi. Dizel ishlab chiqarish o‘sishda davom etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting