«biznes» tegli maqolalar


O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan an’anaviy muloqoti o‘tkaziladi
24 iyul 2023, 17:31

O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan an’anaviy muloqoti o‘tkaziladi

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining ishbilarmonlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Taklif va savollarni 1094 va 1100 qisqa raqamlariga, shuningdek, business.gov.uz portali orqali yuborish mumkin. Uchrashuv sanasi hozircha aniq emas.

2022-yilda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar soni 2 baravarga ko‘paydi
30 iyun 2023, 10:03

2022-yilda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar soni 2 baravarga ko‘paydi

2022-yil yakuniga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’muriy bosim tekshiruvlar sonining qariyb 2 baravarga ko‘payishi hisobiga oshdi. Biznes ombudsman yuborilgan barcha arizalarning 53 foizini rad etganini va tekshirishlar soni barcha tadbirkorlarning 3 foizini ham tashkil qilmasligini bildirdi.

Prezident anomal sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlarga yengillik berilishini ma’lum qildi
3 fevral 2023, 14:25

Prezident anomal sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlarga yengillik berilishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda YIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va “penya” hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.

Biznes uchun soliq ma’murchiligi soddalashtiriladi
29 iyun 2022, 09:23

Biznes uchun soliq ma’murchiligi soddalashtiriladi

1 iyuldan bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi, qolaversa, QQS ma’murchiligi ham soddalashtiriladi. 2023 yilning mart oyigacha «E-aktiv» ga ma’lumotlarni kiritish ixtiyoriy bo‘ladi.

«Fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda» — Ruslanbek Davletov
22 iyun 2022, 11:15

«Fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda» — Ruslanbek Davletov

Bir yilda qabul qilingan hujjatlarning 30 foiziga, jumladan tadbirkorlik bilan bog‘liq hujjatlarning 80 foiziga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu qonunchilikning barqarorligiga salbiy ta’sir qilmoqda, «fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda», dedi adliya vaziri.

Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar sababli 91 mln dollar zarar ko‘rdi
7 yanvar 2022, 16:28

Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar sababli 91 mln dollar zarar ko‘rdi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar sababli mamlakatdagi biznes 91 mln dollar zarar ko‘rdi. Zararning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish, transport, xizmat ko‘rsatish va moliya sektoridagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan.

Toshkentdagi birinchi Burger King restoranlari qayerda ochiladi?
18 oktabr 2021, 15:38

Toshkentdagi birinchi Burger King restoranlari qayerda ochiladi?

Toshkentda uchta Burger King restoranlari ochilishi kutilmoqda. Ular Bobur bog‘i, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasi va Chilonzor 25-mavzesida joylashadi.

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi
20 iyul 2021, 22:16 1

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Davlat rahbariga savollar, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha g‘oya va takliflarni 31 iyulga qadar yuborish mumkin.

2021 yilda O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati ma’lum qilindi
13 iyul 2021, 14:50

2021 yilda O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati ma’lum qilindi

USAID, ITSV, PwC va BMTTD «O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati 2021» yangi nashrini taqdim etdi. Unda korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish, ish haqi bo‘yicha xarajatlar, soliqlar va soliq imtiyozlari, litsenziyalash, tashqi savdo tartibotlari va boshqalar keltirilgan.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar biznesga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
9 iyul 2021, 09:00

Elektr ta’minotidagi uzilishlar biznesga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Sifati buzilgan mahsulotlar, och qolgan mijozlar va ishlab chiqarishda yo‘qotilgan kunlar. «Gazeta.uz» tadbirkorlardan elektr ta’minotidagi uzilishlar ish faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini so‘radi.

2020 yilda O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish darajasi o‘rganildi
15 iyun 2021, 14:08

2020 yilda O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish darajasi o‘rganildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi yutuqlarga qaramasdan, pandemiya biznesga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzi 3,4 barovarga, muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63%ga oshdi. Respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan.

Kompaniyalar O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini qanday baholayotgani o‘rganildi
15 aprel 2021, 19:37 1

Kompaniyalar O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini qanday baholayotgani o‘rganildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotlari aksariyat tadbirkorlar mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini ijobiy baholashini, biroq ularning biznesini yanada qo‘llab-quvvatlash zarurligini ko‘rsatdi. Yer uchastkalari ajratish, soliq stavkalarini va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish va boshqa muammolar tadbirkorlarni tashvishga solayotgani ma’lum bo‘ldi.

“Tadbirkorga xiyonat qilgan — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi” — prezident
9 iyul 2020, 17:57

“Tadbirkorga xiyonat qilgan — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi” — prezident

Shavkat Mirziyoyev hokimlar va bankirlarni tadbirkorlar bilan ishlash tizimi yo‘qligi sababli tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 59 ta tuman va shahrda biznes muhit “yomon” deb baholangan. “Tadbirkorga xiyonat qilgan odam — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi”, — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting