AQSh elchisi Jonatan Henik O‘zbekiston fuqarolarining bog‘lar va toza havoni muhofaza qilishdagi sa’y-harakatlarini olqishladi. “Xalqlarimiz o‘z huquqlarini erkin himoya qilishi va siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin bo‘lsa, mamlakatlarimiz kuchliroq, atrof-muhitimiz esa xavfsizroq bo‘ladi”, — dedi u.
“Adolat” partiyasi Toshkent hokimligini Abdulla Qodiriy va Bobur nomidagi istirohat bog‘larini ijaraga berish kabi muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin o‘rganib, jamoatchilik fikrini inobatga olishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda bog‘lar va uzumzorlarning qatorlari orasiga ekin ekish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Ilmiy-tadqiqot institutlari iqlimga mos ekin turlari, agrotexnika bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berib boradi.
O‘zbekistonda har yili manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari va hokimliklar yil oxirigacha barcha shahar va tumanlarda o‘z bog‘larini yaratadi. Har bir yirik sanoat korxonasi esa “yashil belbog‘”lar tashkil etishi kerak bo‘ladi.
Toshkentda chim ustida yurish va maysalar ustida dam olishga haligacha sovetcha ruhda javob beriladi: “Mumkin emas”. Lekin baribir shaharda bunga ruxsat berilgan joylar paydo bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” maysa ustida dam olish mumkin bo‘lgan joylarni qidirib, poytaxtni aylanib chiqdi. Biz o‘zimiz bilan mashhur arxitektor Kristofer Aleksandrning “Shablonlar tili” kitobini ham oldik — undagi g‘oyalar rasmiylar odamlarga maysazorda dam olishni nima uchun taqiqlamasligi kerakligini tushunishga yordam beradi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev G‘afur G‘ulom bog‘ini 49 yilga ijaraga olgan investor o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganini ma’lum qildi. U bog‘ni ijaraga berish masalasi qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.
Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur) rekonstruksiyasi loyihasini taqdim etdi. Bu yer dam olish va sayr qilish uchun sokin va soya-salqin joy bo‘ladi. Bog‘ yoz oxirida o‘z eshiklarini qaytadan ochadi. Bu yerda bolalar maydonchalari, kutubxona, sport zonalari va piknik joylari bo‘ladi. Birorta ham attraksion bo‘lmaydi.
Bizning shaharlarimiz daraxtlarni, yashil istirohat bog‘larini va suv omborlarini yo‘qotib bormoqda. Bu allaqachon hayot sifatiga ta’sir qilishni boshlagan. Bog‘larga ko‘p xarajat ketadi deb yanglish xulosalar paydo bo‘lmokda, zero, istirohat bog‘lari odamlar va shaharning o‘zi uchun juda katta ahamiyatga ega. «Gazeta.uz» kolumnisti Botir Qobilov bog‘larni saqlashni darhol boshlashga va ularni haqiqiy egalariga — odamlarga qaytarishga chaqiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting