Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina bilan 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi. U siyosiy hamkorlik, erkin savdo, strategik sheriklik, Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha konsensusga erishish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Parij va London Ukrainadagi koalitsiya yetakchiligini o‘z zimmalariga olishlarini istisno etmaydi, deb yozmoqda Le Monde. Shu maqsadda ular Ukrainaga qo‘shinlar yuborish bo‘yicha maxfiy muzokaralarni qayta tiklagani aytiladi. Bu Trampning Oq uyga qaytgach, Kiyevga AQSh yordami uzilib qolishi ehtimoli bilan bog‘liq.
Namanganlik shaxs 4 nafar samarqandlik fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuborishga kelishgan. U buning uchun 12 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Uning ustidan tergov ishlari ketmoqda.
Buyuk Britaniya Konservativ partiyasining yangi rahbari etib Kemi Badenok saylandi. U Britaniya siyosiy partiyasini boshqaruvchi birinchi qora tanli ayol bo‘ldi.
Buyuk Britaniya 2025-yil 1-iyundan bir martalik veyplarni sotishni taqiqlaydi. Bu chora o‘smirlarni himoyalash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan. Taqiqning kiritilishi jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Bir qator Britaniya hamdo‘stligi davlatlari 17−19 asrlardagi transatlantik qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya undirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Buyuk Britaniyaning oxirgi ko‘mir elektr stansiyasi yopildi. Mamlakat “Katta yettilik” orasida elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanishdan butunlay voz kechgan ilk davlat bo‘ldi.
Britaniya shaharlarida Sautportdagi bolalar raqs studiyasiga uyushtirilgan va uch qizchaning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumdan so‘ng migrantlarga qarshi namoyishlar va zo‘ravonliklar davom etmoqda. Bosh vazir Kir Starmer tartibsizliklarni “o‘ta o‘ng banditizm” deb atadi.
Buyuk Britaniya elchisi “Gazeta.uz” bilan suhbatda mintaqadagi hamkorlik, statistik ma’lumotlarning siyosiy qarorlar uchun ahamiyati hamda odamlarga o‘zini ko‘rsatishga vaqt berish kerakligi haqida gapirdi. Elchi o‘zbek tilini bilishi mamlakatni yaxshiroq tushunishga yordam berishini ta’kidladi.
Buyuk Britaniyada umumiy (parlament) saylovlar 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh vazir Rishi Sunak qirol Charlz III parlamentni tarqatib yuborishni ma’qullaganini ma’lum qildi.
2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev investorlarga hamkorlik imkoniyatlari haqida gapirarkan, mamlakatda 30 dan ortiq noyob metallar konlari mavjudligini alohida ta’kidladi. Prezident O‘zbekiston AQSh va Buyuk Britaniya bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar ustida ish olib borayotganini aytdi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrifi chog‘ida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuzish, tezyurar temiryo‘l loyihalari va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ta’lim, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish bo‘yicha dasturlar e’lon qilindi.
Buyuk Britaniya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning qolgan davlatlaridan ular hamkorlik qiladigan sheriklardan birini tanlashini so‘ramaydi, dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron. “Biz hamkorlik o‘rnatish uchun bu yerda bo‘lishni xohlaymiz”, — dedi u.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri lord Devid Kemeron O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalishlar haqida yozadi.
O‘zbekistonga 23-aprel kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron keladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ikki mamlakat munosabatlari tarixini yodga oldi: shu kungacha Britaniyaning qaysi vazirlari O‘zbekistonga kelgan? Qirollik oilasidan-chi — qaysi malikayu shahzodalar O‘zbekiston mehmoni bo‘lgan?
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrif buyuradi. Uning O‘zbekistondagi hamkasbi bilan muzokaralarida mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etish reja qilingan.
O‘zbekistonlik diplomatlari va Buyuk Britaniya biznes va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Luis Kolvell o‘rtasidagi muzokaralarda Britaniya tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi qadamlarini olqishlab, bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi.
Britaniya korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga ketadigan tovarlar, jumladan, dron va og‘ir texnika uchun uskunalar jo‘natmoqda, deb yozdi Sky News. 2022-yildan beri Britaniyadan ushbu 4 davlatga “yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting