Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi. Davolanish davrida u ommaviy tadbirlarda kamroq qatnashadi. Bukingem saroyining ta’kidlashicha, qirol yaxshi kayfiyatda va tez orada davlat vazifalariga qaytishga umid qilmoqda.
Buyuk Britaniya G7 davlatlaridan birinchi bo‘lib Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha bitim tuzdi. Britaniyaning ushbu hujjatda keltirilgan majburiyatlari Ukraina NATOga qo‘shilguncha o‘z kuchida qoladi, dedi Ukraina prezidenti.
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmanov Londonga yetib keldi. U 2018-yildan shu vaqtgacha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Birlashgan Qirollikning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. U 2010−2016-yillarda Britaniya hukumatini boshqargan va Brexit to‘g‘risidagi referendumdan so‘ng iste’foga chiqqan edi.
Buyuk Britaniyaning savdo komissari Kenan Poleo Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi yig‘ilishi arafasida “Gazeta.uz” muxbirining ikki mamlakatning sarmoyaviy va savdo salohiyatiga oid savollariga javob berdi.
O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U bu lavozimda 2019-yil oktabridan beri ishlab kelmoqda.
Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.
2019-yildan buyon Buyuk Britaniya mudofaa vaziri sifatida ishlab kelgan Ben Uolles iste’foga chiqdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Uollesning o‘rnini Energetika vazirligini boshqargan Grant Shapps egalladi.
COVID-19 pandemiyasi boshida vafot etgan britaniyaliklarning oilalari hukumatni, shuningdek, bir qator qariyalar uylari va kasalxonalarni sudga berishdi. Ularning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z yaqinlarini virusdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan.
O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlou o‘rnini Timoti Smart egalladi. U faoliyatini avgust oyida boshlaydi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyadagi mehnat muhojirlari soni bo‘yicha yetakchilar qatorida bormoqda. 2022-yilda mamlakatdagi mavsumiy ishchilarning qariyb chorak qismi Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondan kelgan.
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi: “qora ro‘yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o‘nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo‘lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Rossiya TIV bunga javoban 500 nafar amerikalik, jumladan, Barak Obamaning mamlakatga kirishini taqiqladi.
Buyuk Britaniya boks federatsiyasi may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga boykot e’lon qildi. Bunday qarorga Rossiya va Belarus sportchilarining o‘z mamlakat bayroqlari ostida musobaqada qatnashishi sabab bo‘lgan.
Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning 57-bosh vaziri bo‘ldi. Uni qirol Charlz III qabul qilib, yangi hukumat tuzishni so‘radi.
Saylanganiga 45 kun bo‘lgan Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Liz Trass Konservatorlar partiyasi deputatlari noroziligi sabab iste’foga chiqishi haqida e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya qiroli Charlz III`ga taxtga o‘tirgani munosabati bilan tabrik yo‘llab, do‘st Birlashgan Qirollik xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tiladi.
10 sentabr kuni Buyuk Britaniya taxtining vorislik kengashi Londondagi Avliyo Jeyms saroyida Charlz III ni mamlakatning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.
Yetti nafar Afg‘oniston fuqarosi Toshkentdan Londonga soxta Britaniya pasportlari bilan uchib ketishga urindi. Ular qo‘lga olinib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Alisher Usmonovning jiyanlari Buyuk Britaniya sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi. Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ular Londonning ikkita elit hududida uylarga ega. Ularning aktivlari muzlatilgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Konservativlar partiyasi rahbari lavozimini tark etishini ma’lum qildi. U kuzgacha hukumatni boshqaradi. Boris Jonsonning ketishi hukumat va a’zolari tomonidan misli ko‘rilmagan bosim natijasi bo‘ldi, deb yozadi BBC.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting