Jahonda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshladi. “Gazeta.uz” “Zangiota-1” Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi direktori va uning o‘rinbosari bilan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, infeksiyaning tarqalishi va virusning yangi turlari haqida suhbatlashdi.
COVID-19 pandemiyasi boshida vafot etgan britaniyaliklarning oilalari hukumatni, shuningdek, bir qator qariyalar uylari va kasalxonalarni sudga berishdi. Ularning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z yaqinlarini virusdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan.
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda COVID-19 va o‘tkir respirator infeksiyalarning miks-infeksiya kasalligi kuzatilib turibdi.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus COVID-19 tarqalishi sog‘liqni saqlash sohasida global favqulodda holat maqomini yo‘qotganini ma’lum qildi.
24 noyabr kuni O‘zbekistonda 95 kishi (bir kun oldin 98 kishi) koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida aniqlandi.
Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 92 ta holat qayd etildi, ushbu holatlarining 71 tasi Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Bir kun avval 69 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani bergandi.
O‘zbekistonda oktabr oyining o‘rtalarida ketma-ket 5 kun hech kimda koronavirus aniqlanmagandi. Biroq oy oxirlariga kelib, rasmiy statistikada jonlanish qayd etildi. Jumladan, 26 oktabrdan beri kunlik kovidga chalinganlar soni 20 nafardan oshib ketdi.
Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun “1303” qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi, mehmonlarga 50 ta tibbiy brigada xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, chet ellik rasmiy delegatlar mehmonxonalarga joylashishidan oldin kovidga qarshi PZR-test topshiradi.
8 iyundan boshlab Qozog‘iston chegarani kesib o‘tishda emlanganlik hujjati va PZR testi talabini bekor qildi. Shuningdek, mamlakatning 7 ta viloyatidagi vaqtinchalik yopilgan 12 ta avtomobil chegara o‘tkazish punktlarining ishi qayta tiklanmoqda.
Xitoy pandemiya bilan bog‘liq xavotirli vaziyat tufayli futbol bo‘yicha Osiyo kubogi-2023 musobaqasiga mezbonlik qila olmasligini ma’lum qildi. Musobaqaning yangi mezboni yaqin kunlarda aniqlanadi.
JSST rahbari koronavirus pandemiyasi rasman e’lon qilingan kundan beri 6 mlndan ko‘proq inson vafot etganini ma’lum qildi. U kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgani pandemiya tugaganini anglatmasligini qayd etdi. «Pandemiya tugashiga hali ancha bor va u hamma joyda tugamaguncha hech qayerda yakunlanmaydi», — dedi Tedros Gebreyesus. Qolaversa, Yevropada «deltakron» shtammi paydo bo‘ldi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida koronavirusni yuqtirib olish holatlari aniqlanmadi. Kun davomida Toshkent shahri, Surxondaryo, Andijon va Navoiyda jami 14 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi.
Dushanba kuni respublika bo‘yicha 96 kishida koronavirus aniqlandi. Kun davomida bir bemor vafot etdi, 12 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Payshanba kuni 156 kishining COVID-19`ga torshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun oldin ushbu ko‘rsatkich — 140 tani tashkil qilgandi. Qolaversa, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 175 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 15 taga ko‘p. Shu kuni ikki fuqaro virus asoratlari oqibatida vafot etdi. 31 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Juma kuni 191 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bu 5 yanvardan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu kuni 3 kishi kovid asoratlari oqibatida vafot etdi. 42 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Yakshanba kuni 322 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu shanba kungi ko‘rsatkichga (439 ta) qaraganda 117 taga kam. Qolaversa, shu kuni koviddan 3 kishi vafot etdi, 61 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Koronavirus yuqtirib olganlarning kunlik soni 22 yanvar maksimal (1478 ta) darajaga yetgandan beri ilk bor — 1000 tadan kamayib, 926 tani tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan hudud Toshkentligicha qolmoqda — 431 ta. Kovid asoratlari oqibatida 4 nafar bemor vafot etdi. Qolaversa, 188 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Respublika maxsus komissiyasi xorij tajribasidan kelib chiqib, koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin o‘tash muddatini 14 kundan 7 kungacha qisqartirdi.
Seshanba kuni 1087 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Shuning yarmidan ko‘pi poytaxt hisobiga to‘g‘ri keldi — 589 ta holat. Qolaversa, 209 kishida pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 asoratlari oqibatida esa 3 kishi vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting