Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi — bir haftada 2 mln kishi infeksiya yuqtirgan. Kasallanganlarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi.
Globus Relief xayriya tashkiloti (AQSH) O‘zbekistonga koronavirusga kurashishga ko‘maklashish maqsadida 800 ming dollarlik tibbiy preparatlar va mahsulotlarni yetkazib berdi. Gumanitar yordam chekka hududlardagi tibbiyot muassasalariga yuboriladi.
Buyuk Britaniya hukumati koronavirus holatlari soni ko‘paygani sababli olti kishidan ortiq holda guruh bo‘lib to‘planishni taqiqladi. Taqiqni buzganlar 100 funtdan 3200 funtgacha jarimaga tortiladi.
Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 mln dan ortiq COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 25,7 mln dan oshgan. Rossiya ro‘yxatga olingan holatlar bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston mamlakatlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
27 avgust kuni Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga yordam berish va tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga yo‘l olishdi.
Gonkong universiteti olimlari koronavirus bilan qayta kasallanish holatini tasdiqlashdi. Koronavirusdan davolanib chiqqan yigitga bir necha oydan keyin yana COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy niqob taqish shart emas, deya xulosa qildi JSST ekspertlari. 6−11 yoshda vaziyatga qarab niqoblar taqish kerak, masalan, yashash joyida infeksiyaning ommaviy tarqalishi yoki xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan doimiy aloqada bo‘lganda. 12 yoshdan boshlab niqoblarni muntazam ravishda taqish tavsiya etiladi.
Dunyoda ro‘yxatga olingan koronavirus holatlari soni 22 mln dan oshdi, 780 mingdan ortiq odam vafot etdi. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSH, Braziliya va Hindistonda kuzatilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini, tez orada vaksina katta miqdorda ishlab chiqarila boshlanishini ma’lum qildi. Ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.
Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 20 mlndan oshdi. Bunda, 12,35 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 736 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgacha AQSH, Braziliya va Hindistonda eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.
Toshkent hokimiyati sogboling.uz saytini ishga tushirdi. Sayt yordamida koronavirus bilan og‘rigan bemorlar tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari, muammolar yuzaga kelgan taqdirda, shikoyat qilishlari mumkin.
COVID-19 bemorlari soni 274 nafarga ortib, jami 28809 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 36 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shu yuilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.
Twitter Donald Trampning sahifasida COVID-19 haqida yolg‘on ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan video paydo bo‘lganidan keyin AQSH prezidentining akkaunti orqali post yozish imkoniyatini cheklashga qaror qildi. Shuningdek, Facebook ham AQSH prezidentining joylagan postini ijtimoiy tarmoqdan o‘chirib yubordi.
Koronavirus bemorlari soni 289 nafarga ortib, jami 20820 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Toshkent shahri tumanlari hokimlari COVID-19 pandemiyasi oqibatlari va oxirgi paytda tumanda qilinayotgan harakatlar haqida ma’lumotlar berish, aholini hamjihatlikka chaqirish maqsadida efir orqali halqqa yuzlanishdi. Ayrim hokimlar COVID-19 oqibatlari uchun xalqdan uzr so‘rashdi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan bemorlar soni 165 nafarga oshib, umumiy ko‘rsatkich 17 755 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining asosiy qismi — 104 tasi Toshkentda, 54 tasi esa Andijonda aniqlandi.
Xitoyning Sinopharm Group kompaniyasi koronavirus vaksinasi sinovlarining yakuniy bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirdi. Yangi vaksina BAAda ham sinovdan o‘tkaziladi.
Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 40 ta SO‘V va 200 ta SIPAP apparatlarini xarid qilishdi. Tez tibbiy yordam va SEOMlar uchun 50 dona Damas rusumli avtomobillar sotib olingan.
Hindiston koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 milliondan oshgan uchinchi davlatga aylanib, AQSH (3,5 mln dan ortiq) va Braziliya (2 mln dan ortiq) mamlakatlaridan keyingi o‘rinda ketmoqda.
Yoshlar ittifoqining ikki nafar xodimida koronavirus holati aniqlangani sababli markaziy kengash binosi karantinga yopildi. Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi raisining o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova o‘zida koronavirus alomatlari sezilganligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting