Toshkent shahrida noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi va daraxt shoxlari sinishi oqibatida Vodil-1 tarmog‘iga qarashli elektr uzatish qurilmasida avariya yuz berdi. Elektr ta’minotidagi 1 soatlik uzilishdan so‘ng nosozlik bartaraf etildi.
Toshkentdagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Hudud aholisi 4−5 soatdan buyon chiroq yonmayotganidan shikoyat qilmoqda. Energetika vazirligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.
Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chdi. Oqibatda Toshkent viloyatidagi 12,5 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Chilonzorda daraxt qulab tushgani sababli gaz quvuri uzilib, 768 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.
Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi.
Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.
Energetika vazirligi Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida yuqori kuchlanishdagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik 21-fevral kuni 12 ming tonna mazut yoqilganini qayd etdi.
1-noyabrdan O‘zbekistonda 10−15 kVtgacha energiya iste’moli chegarasi joriy etildi. Chegaradan oshib ketganda “aqlli” hisoblagichlar avtomatik ravishda tarmoqdan uzadi. Energetika vazirligi ushbu cheklovlar nega kiritilgani va hozirda nima sababdan vaqtincha bekor qilinganini tushuntirdi.
Tojikiston hududlarida elektr energiyasida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda. Qator shaharlar aholisining so‘zlariga ko‘ra, elektr toki kunduzi ham, kechasi ham o‘chirilmoqda. Energetika xizmatlari buni qish oldidan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bilan izohladi.
Prezident Energetika vazirligiga sanoat korxonalarini ogohlantirmasdan elektrdan uzib qo‘yish amaliyotiga “qat’iy chek qo‘yish” bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir boshchiligidagi komissiya qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olgan holda har oyda hududlar bo‘yicha energiya balansini ishlab chiqishi kerak.
Toshkent shahridagi Olmazor, Yashnobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 14-iyul kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Dushanba kuni Yakkasaroy va Mirobod tumanlarining ayrim hududlari elektr energiyasidan vaqtincha uzildi.
Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ba’zi joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Juma kuni poytaxtning Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 13-iyun kuni elektr energiyasi “ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida” vaqtincha o‘chiriladi.
Toshkentning Olmazor tumanida 17 ming abonent yuqori voltli podstansiyadagi avariya tufayli ikki kundan ortiq vaqt davomida elektr ta’minotisiz qoldi. Buning natijasida suv ta’minotida ham uzilishlar yuzaga keldi. Avariyani bartaraf etishga elektr tarmoqlarining 84 nafar xodimi jalb qilindi.
Toshkent shahrining elektrga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida Yuqori Chirchiq tumanida 2023 yil yakunigacha 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari ishga tushiriladi. Shuningdek, elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasiga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Hukumat Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi issiqlik tarmoqlari so‘nggi qismlarida joylashgan uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning uchun zudlik bilan kogeneratsiya uskunalari sotib olinadi.
Chirchiq shahrida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lganidan norozi bo‘lgan ayol elektr ta’minoti korxonasiga borib, korxona xodimiga pichoq bilan tahdid qildi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting