Energetika vazirligi hududlarda elektr ta’minotini tiklash bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi. Toshkentning ayrim tumanlarida hamon elektr energiyasi qisman yo‘q. Qashqadaryo esa butunlay elektrsiz qolgan.
Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi. Afg‘onistonning DABS kompaniyasi ilk bor Turkmaniston elektrini Kobulga ulashga muvaffaq bo‘ldi.
25 noyabr kuni Toshkent shahar Yangi hayot tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Tarmoqda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, tumandagi ayrim MFYlar, tadbirkorlik subyektlari, maishiy obyektlar va aholi iste’molchilari soat 11:00 dan 16:00 gacha vaqtincha ta’minotdan uziladi.
Energetika vazirligi energoresurslarga bo‘lgan mavsumiy talab bilan bir vaqtda ularni yetkazib berish hajmining o‘sishi elektr ta’minotidagi uzilishlarga sabab bo‘layotganini ma’lum qildi. Shuningdek, chang bo‘roni, suv resurslari tanqisligi, energoresurslardan oqilona foydalanmaslik va tarmoqqa noqonuniy ulanishlar elektr ta’minotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Adliya vaziri gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani borasida fikr bildirar ekan, shartnoma shartini bajarmagani uchun ta’minotchi korxonalar ustidan sudga murojaat qilish kerakligini aytdi. «Shu yo‘l bilan hammasini tartibga solsa bo‘ladi. Mas’uliyati albatta oshadi, to‘lab ko‘rsin zararni keyin biladi qanaqa hal qilishini», — dedi Ruslanbek Davletov.
Sifati buzilgan mahsulotlar, och qolgan mijozlar va ishlab chiqarishda yo‘qotilgan kunlar. «Gazeta.uz» tadbirkorlardan elektr ta’minotidagi uzilishlar ish faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini so‘radi.
Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova barcha kommunal xizmatlar uchun aholi va ta’minotchi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi. «Elektr ta’minoti uchun to‘lovni 5 kunga kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi yoki ta’minotdan uzib qo‘yiladi. Lekin hech qanday ogohlantirishsiz elektr ta’minoti to‘xtatilsa yoki kuchlanish ortib ketgani sababli xonadonlardagi elektr asboblar ishdan chiqsa, ta’minotchiga chora ko‘rishning imkoni yo‘q», — dedi u.
Toshkentning ayrim hududlarida bir necha kundan buyon elektr energiyasi va suv yo‘qligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardan eng qiziqarlilarini «Gazeta.uz» yig‘ib chiqdi.
Elektr ta’minotidagi uzilishlarga 1−3 iyun kunlari qator hududlarda kuzatilgan kuchli shamol hamda havoning sezilarli isishi natijasida elektr energiyasiga talab oshgani sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.
Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish sababli «O‘zbekneftgaz» korxonalari, gaz konlari va kompressor stansiyalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qoldi. Bu holat magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi kamayishiga ham olib keldi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markaziga tashrif buyurib, butun mamlakat bo‘ylab ushbu avtomatlashgan tizimga xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish ko‘rsatma berdi.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli 110 kV kuchlanishli 7 dona havo liniyalarida va 6−10 kV kuchlanishli 476 dona havo liniyalarida uzilishlar vujudga kelgan, trasformator punktlariga shikast yetkazilgan. 550 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi. Hozirda ularning deyarli 60% tarmoqqa qayta ulangan.
Horazm va Qashqadaryo viloyatining bir qancha tumanlarida elektr ta’minoti to‘xtatildi. Uzilishlar noqulay ob-havo sharoiti tufayli kelib chiqqanligi aytilmoqda.
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 1-martdan gaz importi uchun belgilangan bojxona bojini bekor qilish, elektr energiyasi va gaz ulgurji bozorini shakllantirish orqali sohadagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Tallimarjon IESdagi ikkita energobloklar to‘xtagani sababli Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman va 1 ta shahar elektr ta’minotida to‘liq uzilish qayd etildi. Viloyatning boshqa hududlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting