Huquq-tartibot idoralari Toshkent shahri shoshilinch tibbiy yordam markazi feldsherini bemorga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirishda gumonlab, qo‘lga oldi.
Poytaxtda chaqiriqqa borgan tez yordam feldsheri bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Tez tibbiy yordam markazi rahbariyati “Gazeta.uz”ga xodim faoliyati bo‘yicha tekshiruv tayinlangani va ishchi guruh ekpertiza o‘tkazayotganini ma’lum qildi. SSV vakili “Bu ochiq qoladigan masala emas”, deya ta’kidladi.
Toshkent tez tibbiy yordam feldsheri Zlata Gafurova chaqiriq bo‘yicha ayollar emas, erkaklar kelgani bois onasi uchun shifokorlarni chaqirgan erkak tomonidan tahdidlar bo‘lganini ma’lum qildi. Uchastka noziri esa qarshi ariza yozgan tibbiyot xodimasi 12 mln so‘m jarimaga tortilishini aytgan.
Toshkent tumanida bemorning o‘g‘li chaqiruvga ayol emas, erkak feldsher kelgani uchun xodimni kaltaklagandi. SSV xodimning bosh miya yopiq jarohati va boshqa tashxislar bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgani, uning muolaja olayotganini ma’lum qildi.
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi oilaviy shifokorlik punkti feldsheri ko‘rikka kelgan 2-guruh nogironining bank kartasidan 5 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting