O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha monopoliyani bekor qilish va past bosimli gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarishga xususiy biznesni jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov energiya resurslarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sifatida Turkmaniston ularni qardosh mamlakatlarga yetkazib berishga va yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
“O‘zbekneftgaz” 2024-yil oxirigacha 29,3 mlrd metr kub gaz qazib olish uchun gaz quduqlarini burg‘ilashga 320 mln dollardan ortiq, ularni ta’mirlashga 45 mln dollar sarflash va 79,6 mln dollarlik geologik qidiruv ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Bu hajm avvalgi prognozlardan 4,8 mlrd kub metrga kam.
2023-yili O‘zbekiston Rossiya tabiiy gazini 1000 kub metri uchun 160 dollardan sotib oldi, deya xabar bermoqda “Kommersant’”. Bu narx Turkiya va Xitoyga sotilayotgan Rossiya gazi o‘rtacha narxidan past.
Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi.
Bugun, 7-martdan mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Energetika vazirligi tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “TASS”.
O‘zbekistonda 3-mart kuni ish faoliyatidagi AGTKSHlar soni kamaydi. Elektr ta’minoti cheklovlari 960 MVtga yetdi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, benzin va dizel yoqilg‘isi talabga mos hajmda yetkazib berilmoqda.
25-fevralda O‘zbekistonda kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi. Vazirlik xabariga ko‘ra, elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar ko‘lami kengaytirildi. “O‘zbekneftgaz” dam olish kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalariga qo‘shimcha 1000 tonna benzin yetkazib berganini ma’lum qildi.
Payshanba kuni O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish biroz qisqardi, Turkmanistondan import esa oshdi. Mamlakatda tig‘iz vaqtlarda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolmoqda, dedi Energetika vazirligi mas’uli. Gaz “zapravka”larining deyarli 3 dan 1 qismi faoliyatini tiklagan.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy gaz savdosini faollashtirish va Turkmanistondan gaz importini oshirish orqali Qozog‘istonda ko‘mir o‘rnini bosish, O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan talab va taklif o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish mumkin, deyiladi Jahon bankining uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha hisobotida.
Gazli Gas Storage QKning nazorat paketi (60%) Rossiyaning “Forus”idan Gonkongning Daxon Holdings kompaniyasiga o‘tdi. Bu kompaniya haqida internetda ma’lumot deyarli yo‘q. U O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori — “Gazli”ni boshqaradi, ya’ni mamlakatning gaz saqlash bo‘yicha energiya balansiga ta’sir ko‘rsatadi.
Energetika vazirligi metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.
Yanvar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,99 mlrd kub metrni tashkil etdi, bu 2023-yil yanvariga nisbatan 9,4 foizga kam, so‘nggi oylardagi hajmlardan esa yuqori. Neft, ko‘mir, benzin va dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmi ham pasaygan. Ishlayotgan sanoat korxonalari 25,2 mingtaga kamaydi.
O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. Yetkazib berish hajmini kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.
Magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda. Benzin “zapravka"larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi, deya ishontirdi Energetika vazirligi.
Prezident energetik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari bilan tanishdi. Jumladan, 1-apreldan gaz va elektr energiyasi tariflarini isloh qilish va ijtimoiy normalarni joriy etish, 49 mlrd dollarlik elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni qayta rasmiylashtirish va boshqalar rejalashtirilgan.
2023-yilda O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq gaz importini amalga oshirdi. Yetkazib berish orasidagi farq 165 mln dollardan oshdi. “Gazeta.uz” mamlakat ichida ulkan gaz zaxiralari bo‘lishiga qaramay, bu holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganishga harakat qildi.
2023-yil oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish ham qisqardi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha ko‘paydi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish ham oshdi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting