Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Ishtirokchilar jangovar vazifalarni bajarib, 70 kilometrdan ortiq masofani hujum operatsiyalari hamda kimyoviy va biologik tahdid sharoitida bosib o‘tdi.
8-may kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona yurishi bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar G‘alaba bog‘idan Magic City parkigacha harakatlanadi. Poytaxtning bir qator ko‘chalari transportlar uchun yopiladi (xarita).
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘shma UZAZ-2023 kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Mudofaa vazirligi TikTok ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan O‘zbekiston go‘yoki Rossiyaga harbiy yordam yuborayotgani aks etgan video feyk ekanini ma’lum qildi.
Turkiyaning Isparta shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik harbiylar qiyalikka qarab jang olib borish, zararlangan hududda gazniqob taqib, nishonlarni mo‘ljalga olish kabi shartlarda rekord natijalarni qayd etgan.
AQShning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi-2023» musobaqasida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari — Tursunov Anvar va Azamat Kenjayev g‘olib bo‘ldi. Ular ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, jismoniy tayyorgarlik sinovlari, artilleriya olovini boshqarish, insho yozish kabi shartlardan o‘tgan.
O‘zbekiston harbiylari Pokistonda o‘tkazilgan «Jamoaviy ruh» 6-xalqaro armiya o‘yinlarida qatorasiga uchinchi marta g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston va Tailand jamoalariga nasib etdi.
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv shartlari orasida hududni razvedka qilish, tog‘ daryosi va minalangan maydonlardan o‘tish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi topshiriqlar bo‘ldi.
Prezident qarori bilan xizmat vaqtida orttirilgan kasallik yoki olingan jarohati tufayli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilib, rezervga bo‘shatilgan, shuningdek halok bo‘lgan harbiylarning, ularning xizmat muddatidan qat’i nazar, oila a’zolari uy-joy bilan ta’minlanishi belgilandi.
Hukumat qarori bilan «O‘zbekinvest» davlat monopoliyasining harbiy xizmatchilarni majburiy shaxsiy sug‘urta qilish huquqi bekor qilindi. Kompaniya ushbu eksklyuziv huquqdan 2003 yildan boshlab foydalanib kelgan.
Mudofaa vazirligi Qoraqalpog‘istonda namoyishchilar tomonidan to‘xtatilgan BTR maxsus texnikasi ichida bo‘lgan harbiylarning intervyusini e’lon qildi. Ular o‘shanda kaltaklangandi. Askarlar o‘sha kuni qurol ishlatish mumkin emasligi to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunishganini so‘zlab berishdi.
O‘zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya ikkinchi, Belarus harbiylari esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting