«hokim» tegli maqolalar


5 yilda Samarqandda loy bo‘lgan yo‘l umuman qolmaydi — Erkinjon Turdimov
27 yanvar 2022, 15:30

5 yilda Samarqandda loy bo‘lgan yo‘l umuman qolmaydi — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyatida kelgusi 5 yilda kamida 8 mlrd AQSh dollarlik 5,5 mingdan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilishi va buning natijasida 250 mingdan oshiq doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimi 8 ming kmlik yo‘llarga asfalt yotqizilib, viloyatda loy yo‘llar umuman qolmasligini ta’kidladi.

Asilbek Ashurov Paxtakor tumaniga hokim bo‘ldi
19 yanvar 2022, 16:41

Asilbek Ashurov Paxtakor tumaniga hokim bo‘ldi

Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari Asilbek Ashurov Paxtakor tumani hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda 2018 yildan beri ishlab kelayotgan Shukrullo Boboyevning o‘rnini egalladi.

Andijon shahar hokimi fuqaroni haqorat qildi
12 noyabr 2021, 11:04

Andijon shahar hokimi fuqaroni haqorat qildi

Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov telefon suhbati davomida fuqaroni haqorat qilganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat hokimligining ta’kidlashicha, fuqaro uyi «snos»ga tushganligi sababli hokimga qurilish firmasidan 400 kv metrli uy-joy va Gentra avtomobilini undirib berishni so‘rab bir necha marotaba murojaat qilgan. Andijon hokimining harakatlariga viloyat hokimligi tomonidan huquqiy baho beriladi.

«Baribir hokimlarni xalq saylaydi, qanday og‘ir bo‘lmasin shu kunga kelamiz» — prezident
18 iyun 2021, 12:08

«Baribir hokimlarni xalq saylaydi, qanday og‘ir bo‘lmasin shu kunga kelamiz» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelajakda viloyat, shahar va tuman hokimlarining xalq tomonidan saylanishini ta’kidladi. Shuningdek, davlat rahbari keyinchalik hokimlar xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lmasligini ham qayd etdi. «Bu tizimni ongimizga singdirmaganimiz uchun, odamlar o‘rgansin deb uni ushlab turibman», — dedi u.

Chilonzor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
16 iyun 2021, 22:45

Chilonzor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Mavlyanov Chilonzor hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 mart 2021, 10:49

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori lavozimida ishlagan Shoxruh Shoahmedov Shoraximovich Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.

Kogon shahri rahbariyati tayinlandi
3 mart 2021, 11:22

Kogon shahri rahbariyati tayinlandi

Kogon shahar hokimi etib Hayot Davlatov tayinlandi. Bundan tashqari, shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari ham tasdiqlandi.

Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi tayyor bo‘lmoqda
26 fevral 2021, 15:52

Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi tayyor bo‘lmoqda

Namangan viloyati hokimi prezident tanqid qilgan “Bunyodkor” mahallasida yashashini ma’lum qilgan edi. Hozirda ushbu hududda konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘raldi. Bundan tashqari, uy hovlisida fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham barpo etilmoqda.

Namanganda prezident tanqididan so‘ng, shahar hokimi va prokurori o‘zgardi
23 fevral 2021, 20:51

Namanganda prezident tanqididan so‘ng, shahar hokimi va prokurori o‘zgardi

Prezident tanqididan so‘ng, Namangan shahri hokimi Olimjon Isayev hamda prokurori Bahromjon Yuldashev ishdan bo‘shatildi. Shahar hokimi lavozimiga G‘ofir Jamolov, prokurori etib esa Xurshid Odilov tayinlandi.

«Toshkent yerining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tib ketmaydi» — Jaxongir Ortiqxo‘jayev
19 dekabr 2020, 21:42

«Toshkent yerining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tib ketmaydi» — Jaxongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev 2021 yilda Toshkent hududining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tmasligini ta’kidladi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt yaqinida yo‘ldosh shahar qurilishi Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi uy-joy muammolarini hal qilishga qaratiladi.

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 22:09

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Moliya vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Muradbek Davlatov Xorazm viloyati Xonqa tumaniga xokim etib tayinlandi.

Xivaga hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 16:17

Xivaga hokim tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi
6 oktabr 2020, 18:42

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi

Hokim Shukrulla Hakimov Shofirkon tumani ko‘rsatkichlari «qoniqarsiz» deb baholangani sababli xalqdan uzr so‘radi va yil oxirigacha vaziyatni to‘g‘irlab, kelasi yil tumanni «yaxshi» deb baholanuvchi darajaga olib chiqishga va’da berdi. Daryo nashri uning nutqi vaqtida ayrim tinglovchilarning mudrayotganiga e’tibor qaratdi.

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi
16 sentabr 2020, 14:50

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi

Sharof Rashidov tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Xurshid Alimardonov Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi
10 sentabr 2020, 13:00

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Hisob palatasi axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xikmatillo Latipov Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi etib tayinlandi.

Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi
8 sentabr 2020, 19:11

Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev olamdan o‘tdi. Unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan edi. Oldinroq, tuman hokim o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgan edi.

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
28 avgust 2020, 11:38

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi
25 avgust 2020, 23:28

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.

Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumanlari hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi
24 avgust 2020, 14:48

Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumanlari hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi

Toshkentning Bektemir tumani sektor rahbarlari, jumladan, hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Prezident tumanga tashrifi vaqtida ular faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etdi.

Koronavirusga chalingan 36 yoshli hokim vafot etdi
24 iyul 2020, 21:37

Koronavirusga chalingan 36 yoshli hokim vafot etdi

Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev olamdan o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting