Qo‘qonda 14 yoshli o‘smirning IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazida vafot etishi ortidan ikki nafar sobiq IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Avvalroq markaz rahbari lavozimidan ozod etilgandi, yana ikki xodimi janjalning oldini olmagani uchun ishdan olingandi.
Qo‘qon shahar IIB hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Uning o‘limiga yurak kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyatida Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari reyd tadbiri o‘tkazib, 8 nafar fuqaro 60 dona sa’vani to‘r yordamida noqonuniy ovlayotganini aniqladi. Ularning har biriga 3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Qushlar tabiatga uchirib yuborildi.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida erkak o‘zaro janjal sabab turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi. Oqibatda ikki nafar voyaga yetmagan bola yetim qoldi.
Quva tumanida YPX inspektori fuqarolardan pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda. U o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida o‘zini nosamimiy tutib ketib qolgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga oshirildi.
Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun belgilangan jarimadan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sgan taksi haydovchilarning 3 nafari 10 sutkaga qamaldi, yana 12 nafari ogohlantirildi.
Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumanida 2 guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olinganini ma’lum qildi. Tezkor tadbirda 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Andijonda xalqaro ekstremistik tashkilotlarga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotganlikda gumonlangan 14 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ularning 4 nafari ayollardan iborat (ro‘yxat).
Toshkent tumani hokimi yordamchisi va uning sinfdoshi 4 sotix yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Nurafshonda esa MCHJ rahbari 2 gektar yerni 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. DXX, Bosh prokuratura huzuridag Departament va IIV noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq bir qancha holatlarni aniqladi.
Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.
AQShda yashovchi sherigi bilan Samarqandda yashovchi fuqaroni 40 ming dollar evaziga Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bunday holatlar hududda avval ham qayd etilgan edi.
Nishon tuman Xalq ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan maktabning eski binosini buzish huquqi uchun 5400 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Paxtaobod tumanida irrigatsiya bo‘limida ishlaydigan aka o‘zining kadastr bo‘limida ishlaydigan ukasi orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun sotmoqchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Gumonlanuvchilar fuqarodan 10,1 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Toshkent shahrida 6900 dollar qalbaki kupyuralarni sotishga uringanlikda gumonlangan uch kishi qo‘lga olindi. Toshkent viloyatida esa ikki fuqaro 11 ming dollarni noqonuniy tarzda 125,4 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 2023 yildan boshlab fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Bunda «E-patrul» tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar hodisa joyida planshet orqali tekshiriladi.
Navoiy viloyatidagi Lolazor eski tilla konlarida Navoiy, Samarqand va Buxorodan kelgan 54 nafar fuqaro litsenziyasiz oltin qazib olayotgani vaqtida ushlandi. Ular qazib olgan, tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qum esa tekshiruv uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborildi. Avvalroq, ayni shu hududda 4 kishini qum bosib qolgandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Kegeyli tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgardi. Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarining bir qancha tuman IIBlarida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
G‘ijduvon tumanida giyohvandlik moddasi sotganlikda gumon qilinib, ichki ishlar boshqarmasiga olib borilgan fuqaro sog‘ligi yomonlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Gazeta.uz» ga ma’lum qilishicha, «murdada tan jarohati yoki uning izlari aniqlanmagan». Tibbiy ekspertiza o‘limga o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lganini aytmoqda.
Andijon-Toshkent yo‘nalishida taksichilik qiluvchi fuqaro Toshkentga yo‘lovchi olib ketib, bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi Toshkentdagi avtoturargohda turgan Cobalt yukxonasidan topildi. Hozirda 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
«Toshkent suv ta’minoti» Olmaliq shahar filiali boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi tadbirkordan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv bayonnomasini bazaga kiritmaslik uchun 2000 dollar talab qilgani aytilmoqda. Yetakchi mutaxassis pullarning bir qismini olganida qo‘lga tushgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting