«jsst» tegli maqolalar


Metapnevmovirus yangi bo‘lmagan, mavsumiy va keng tarqalgan virus — JSST
8 yanvar 2025, 20:01

Metapnevmovirus yangi bo‘lmagan, mavsumiy va keng tarqalgan virus — JSST

JSST metapnevmovirus bo‘yicha izoh berarkan, u yangi virus emasligini ta’kidladi. U keng tarqalgan bo‘lib, qish va bahorda aylanib yuradi va shamollashga o‘xshash respirator alomatlarni keltirib chiqaradi. Virusli infeksiya uchun odatiy profilaktika choralari — qo‘llarni yuvish va xonani shamollatish.

Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi taqdim etildi
23 sentabr 2024, 12:18

Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi taqdim etildi

Toshkentda 2024−2028-yillarda aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Uning maqsadi mamlakat sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga yanada samarali javob berishga tayyorligini oshirishdan iborat.

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
13 sentabr 2024, 20:55

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi

Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.

JSST maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qildi
16 avgust 2024, 04:01

JSST maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qildi

JSST ikki yil ichida ikkinchi bor maymunchechak epidemiyasini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Qaror Kongo Demokratik Respublikasida infeksiya avj olgani va kasallik qo‘shni davlatlarga ham tarqalgani fonida qabul qilindi.

Emizish: faktlar va yanglish qarashlar (infografika)
7 avgust 2024, 10:53

Emizish: faktlar va yanglish qarashlar (infografika)

Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo‘ladi, bu dastlabki 6 oyda oziq-ovqat va suv o‘rnini bosadi. Biroq emizish vaqt va ko‘nikma talab qiladi, shu bois ularni uyda va ishda qo‘llab-quvvatlash muhim. YUNISEF keng tarqalgan yanglish qarashlarga infografikalar orqali aniqlik kiritdi.

Olimlar parranda grippi pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqadi — Reuters
1 iyul 2024, 21:05

Olimlar parranda grippi pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqadi — Reuters

Parranda grippi tarqalishini kuzatayotgan olimlar H5N1 pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqmoqda, deb yozdi Reuters. JSST avvalroq sutemizuvchilarda virus bilan kasallanish jiddiy muammo ekanini tan olgan edi.

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha birinchi xalqaro kongress o‘tkazilmoqda
6 iyun 2024, 09:12

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha birinchi xalqaro kongress o‘tkazilmoqda

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro kongress 300 ga yaqin ishtirokchini birlashtirdi. “Bolalar sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish burchimizdir”, — dedi forumda so‘zga chiqqan birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva.

JSST parranda grippi odamlar orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirlanmoqda
19 aprel 2024, 21:30

JSST parranda grippi odamlar orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirlanmoqda

JSSTning ta’kidlashicha, parranda grippi virusining sutemizuvchilar, jumladan, odamlar orasida tarqalishi jiddiy muammo tug‘diradi. Infeksiya odamdan odamga yuqmaydi, lekin uni yuqtirgan odamlar orasida o‘lim darajasi yuqori hisoblanadi.

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi
1 mart 2024, 19:37

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi

Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.

JSST: 2050-yilda saratonga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi
2 fevral 2024, 01:30

JSST: 2050-yilda saratonga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi

JSSTga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi. Bunga nafaqat aholi soni va yashash davomiyligining o‘sib borayotgani, balki tamaki iste’moli yoki havoning ifloslanishi kabi omillar ham ta’sir qiladi.

JSST Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiqqa qarshi zudlik bilan emlanishga chaqirdi
24 yanvar 2024, 17:37

JSST Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiqqa qarshi zudlik bilan emlanishga chaqirdi

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanishning “tashvishli o‘sishi” kuzatilmoqda. JSST shoshilinch emlash ishlarini olib borishga chaqirmoqda. O‘zbekistonda o‘tgan yili qizamiq bilan kasallanish bo‘yicha 1026 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda ko‘rsatkich atigi sakkiztani tashkil etgan.

JSST COVID-19 bilan kasallanish ortib borayotgani sababli niqob taqishga chaqirdi
6 yanvar 2024, 21:09

JSST COVID-19 bilan kasallanish ortib borayotgani sababli niqob taqishga chaqirdi

So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi.

2060-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga semizlikdan yetadigan zarar YAIMning 4,7 foizigacha oshadi
18 dekabr 2023, 15:04

2060-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga semizlikdan yetadigan zarar YAIMning 4,7 foizigacha oshadi

JSST ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha tana massasi indeksi 1 kvadrat metrga 26,5 kg ni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga yetadigan zarar 21,6 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda, bu — YAIMning 4,7 foiziga teng.

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi
24 noyabr 2023, 09:54

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi

JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda
18 noyabr 2023, 10:02

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda

2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.

JSST yolg‘izlikni inson salomatligi uchun global tahdid deb atadi
16 noyabr 2023, 22:08

JSST yolg‘izlikni inson salomatligi uchun global tahdid deb atadi

JSST yolg‘izlikni inson salomatligiga global tahdid deb atadi va ijtimoiy aloqalarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzdi. Mutaxassislar yolg‘izlikning zararini kuniga 15 ta sigaret chekishga tenglashtirdi.

So‘nggi haftalarda COVID-19 bilan kasallanish ortmoqda — JSST
18 avgust 2023, 20:27

So‘nggi haftalarda COVID-19 bilan kasallanish ortmoqda — JSST

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyuldan 13-avgustgacha dunyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari 63 foizga oshgan. Tashkilot virusni “jiddiy tahdid” deb hisoblashda davom etmoqda va mamlakatlarni kasallikka qarshi kurashish uchun “o‘rnatilgan infratuzilmani demontaj qilmaslikka” chaqirmoqda.

Dunyoda har yili 1,3 millionga yaqin odam tamaki tutunidan vafot etmoqda — JSST
2 avgust 2023, 10:27

Dunyoda har yili 1,3 millionga yaqin odam tamaki tutunidan vafot etmoqda — JSST

Tamaki nazorati sohasida ijobiy o‘zgarishlar bor, ammo uning iste’moli “jamoat salomatligi uchun asosiy tahdidlardan biri” bo‘lib qolmoqda, deyiladi JSST hisobotida. Har yili dunyoda 1,3 millionga yaqin odam passiv chekish (tamaki tutuni) qurboni bo‘lyapti.

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari
20 iyul 2023, 12:17

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

2022-yili Yevropada 60 ming kishi anomal issiqdan vafot etdi. Ko‘rsatkich global isish paytida yana ortishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardan bu paytda o‘zi bilan yaxna suv olib yurish, yengil va keng liboslar kiyish hamda mashinalarda bola, hayvonlarni qoldirmaslikni so‘radi. Batafsil tavsiyalar.

Yaqin oylarda qator ekstremal ob-havo hodisalari kutilmoqda — JSST
7 iyul 2023, 18:07

Yaqin oylarda qator ekstremal ob-havo hodisalari kutilmoqda — JSST

JSST yaqin oylarda butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo hodisalari, jumladan, qurg‘oqchilik, suv toshqini va anomal issiq kutilayotgani va ular inson salomatligiga tahdid solishini bildirdi. Avvalroq Butunjahon meteorologiya tashkiloti ham anomal issiqdan ogohlantirgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting