Prezident Shavkat Mirziyoyev soliq organi rahbarlariga sohadagi yangicha hisobot va o‘zgarishlarni bilmagan tadbirkorlarni jazolash emas, to‘g‘ri tushuntirish kerakligini ta’kidladi. «Faqat biz to‘g‘ri qilyapmiz, deb yurishimiz noto‘g‘ri… Eng katta muammoingiz — tushuntirib bermaganingiz», — dedi davlat rahbari.
DSQ Soliq ilovasida yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek fevralning 21 − 25-sanalarida to‘lab berilishini ma’lum qildi.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim texnik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari boshqalarga tegishli bo‘lgan 15,9 mingta xarid cheklarini Soliq ilovasida o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazgan. 11 mlrd so‘mlik ushbu cheklar bo‘yicha hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev 17 kun ichida «Soliq» mobil ilovasida qariyb 38 ming iste’molchi xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu orqali o‘zbekistonliklar 7 mlrd 12 mln so‘mdan ko‘proq keshbekni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, qo‘mita rahbari xarid cheki bermayotgan tabirkorlik subyektlari jarimaga tortilishini eslatib o‘tdi.
O‘zbekistonda yanvar oyi boshidan beri 10 mingdan ortiq iste’molchi 100 mingga yaqin xarid chekini keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Fuqarolarda yig‘ilgan keshbek summasi esa 941 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
1 yanvardan boshlab xarid chekini «Soliq» mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi. Qaysi xarid cheki haqiqiy hisoblanadi, xarid chekini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin va keshbekni bank kartasiga o‘tkazish haqida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 1 martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari respublika bo‘ylab samolyot bilan sayohat qilganda, chipta narxining 30 foizi qaytarilishi (cash back tartibi) mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting