Nurmat Atabekov O‘zbekistonda koronavirusning yangi XEC shtammi qayd etilmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu kasallik yengil va asoratsiz, aniqrog‘i, O‘RVI va grippga xos belgilar bilan kechmoqda. Mutaxassis koronavirusga O‘RVI va grippdek munosabatda bo‘lish vaqti kelganini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden uchinchi marta COVID-19 bilan kasallandi. Kasallik yengil kechmoqda va u o‘zini izolyatsiyalagan holda ishlaydi, deya ta’kidladi Oq uy.
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi.
Qator davlatlarda koronavirusning pirola nomli yangi shtami keng tarqalmoqda, u omikrondan ham yuqumliroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hozirgacha mamlakatda bu shtamm qayd etilmagani va vaziyat barqaror ekanini bildirdi.
Jahonda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshladi. “Gazeta.uz” “Zangiota-1” Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi direktori va uning o‘rinbosari bilan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, infeksiyaning tarqalishi va virusning yangi turlari haqida suhbatlashdi.
COVID-19 pandemiyasi boshida vafot etgan britaniyaliklarning oilalari hukumatni, shuningdek, bir qator qariyalar uylari va kasalxonalarni sudga berishdi. Ularning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z yaqinlarini virusdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyuldan 13-avgustgacha dunyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari 63 foizga oshgan. Tashkilot virusni “jiddiy tahdid” deb hisoblashda davom etmoqda va mamlakatlarni kasallikka qarshi kurashish uchun “o‘rnatilgan infratuzilmani demontaj qilmaslikka” chaqirmoqda.
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda COVID-19 va o‘tkir respirator infeksiyalarning miks-infeksiya kasalligi kuzatilib turibdi.
Prezident farmoniga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan shifokor va boshqa xodimlarga ishlagan davri uchun beriladigan maxsus ustama to‘lovi 200 foizdan 50 foizga tushirildi.
O‘zbekistonga 13−15 mart kunlari koronavirusga qarshi jami 875 520 doza Pfizer vaksinasi keltirildi. Ayni kungacha mamlakatda jami 75,6 mln doza vaksinadan foydalanilgan.
O‘zbekistonda kovid statistikasi e’lon qilinmayotganiga bir oydan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanish holatlari keskin kamaygani uchun axborot berish to‘xtatilganini bildirdi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kuniga 15−20 ta kasallanish holati qayd etilmoqda.
Anomal sovuq kunlarda o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishi mumkin. Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechayotganini hisobga olib, SES fuqarolarni shamollash belgilari kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik, gumon bo‘lganda, koronavirusga test topshirishga chaqirdi.
SSV tarmoqlarda bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga zidligini ma’lum qildi. «COVID-19`ga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgandi», — deyiladi xabarda. Vazirlik 15 dekabrdan buyon kasallanishlar statistikasini e’lon qilmay qo‘ydi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana ortib, 134 nafarni tashkil etdi. Kunlik kasallanganlarning eng ko‘pi doimgidek Toshkent shahrida qayd etilmoqda.
Seshanba kuni respublikada yana 101 kishi kovidga chalindi (oldingi kun 58 kishi kasallik yuqtirgandi). Pandemiya boshlangan 2020 yilning mart oyidan beri rasman koronavirusga chalinganlar soni 248 mingdan ortdi.
11 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 122 kishini tashkil etib, ularning 83 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.
Juma kuni O‘zbekistonda 130 kishi kovidga chalindi (oldingi kun 122 kishi). Kasallanganlarning 107 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 8-dekabr kuni O‘zbekistonda kunlik kovid statistikasi biroz kamayib, 122 kishining virusga chalingani ma’lum qilindi. Hududlar kesimida poytaxt (66 nafar) birinchi o‘rinda.
6 dekabr, seshanba kuni O‘zbekistonda 157 (bir kun avval 120) kishida koronavirus aniqlanib, ularning 106 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.
5 dekabr kuni respublikada koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamayib, 120 kishini tashkil etdi. (Bir kun oldin 153 kishida aniqlangan.)
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting