Koronavirus bemorlari soni 123 nafarga ortib, jami 10143 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 43 nafari Karantin markazida, 60 nafari Andijon viloyatida va 20 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.
O‘zbekistonda kun davomida 312 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 10 mingtadan oshdi.
Koronavirus bemorlari soni 121 nafarga ortib, jami 9829 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 106 nafari Karantin markazida, 7 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida va 1 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Shundan 6 nafari aholi orasida aniqlandi.
Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 65 yoshli erkak olamdan o‘tdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 30 nafarga yetdi.
Toshkentda koronavirusga chalingan va saratondan davolanib kelayotgan 77 yoshli bemor ayol hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda kun davomida 2 nafar, epidemiya boshlangandan beri 29 nafar fuqaro COVID-19 asoratlaridan vafot etdi.
Mashhur UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskvada vafot etdi. Unga koronavirus tashxisi quyilgandi.
O‘zbekistonda 127 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 9326 taga yetdi. ayni soatlarda kasallik aniqlanganlar va davolanib chiqqanlar soni bo‘yicha bir xil ko‘rsatkich qayd etilmoqda.
Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan va surunkali kasalliklardan davolanib kelgan 59 yoshli bemor vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu infeksiya asoratlaridan vafot etganlar soni 28 nafarga yetdi.
O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari koronavirus RNKsini tez va arzonga ajratish usulini topgani ma’lum qilindi.
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musabayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida COVID-19 qurbonlari sonining o‘sishi, pandemiyaning bilvosita qurbonlari, asoratlarsiz kechayotgan kasallikni uy sharoitida davolash, antitanachalar uchun olinayotgan testlar va statistikani pasaytirib ko‘rsatish ehtimoli haqida gapirib berdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning xonadoniga tashrif buyurib, oilasiga hamdardlik bildirdi.
Toshkentda koronavirusga chalingan 62 yoshli qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi. O‘zbekistonda infeksiya asoratlaridan kun davomida ikki, umumiy 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonda yana 87 kishining koronavirus testi ijobiy chiqib, rasman tasdig‘ini topgan holatlar 8385 taga yetdi. Yangi holatlarning 72 tasi karantin markazlarida, 11 tasi Toshkent shahrida aniqlandi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 274 taga oshdi va jami 8222 taga yetdi. Toshkent shahri, Buxoro va Jizzax viloyatlarida 30 ta holatda infeksiya aholi orasida qayd etildi.
O‘zbekistonda yana 168 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 8199 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 151 tasi karantin markazida qayd etildi. Jizzax viloyatida ham COVID-19 holatlari soni oshdi.
Toshkent shahri bo‘yicha 333 ta “yashil”, 87 ta “sariq” va 99 ta “qizil” mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.
O‘zbekistonda kun davomida 250 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 7427 taga yetdi. ️Ayni paytda 2369 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda bir kunda 161 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, ushbu infeksiyadan tuzalgangan soni 5038 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting