O‘zbekistonda o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibi belgilandi. Endi tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etiladi. Unga qiziqishi bo‘lgan 7−11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va katta inspektor-psixologlariga maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda. Ularning kasbiy so‘nishi va stresslarning oldini olish uchun simulyator va keyslar yaratish ham rejalashtirilmoqda.
Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish rejalari olib kirildi. 2025-yilda 100 dan ortiq maktab qurish, malaka toifasi berishda yangi tizimga o‘tish, harbiy vatanparvarlik darsliklarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari ta’lim sifatini, ayniqsa, chekka tumanlarda yaxshilashni buyurdi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 29-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. 3-chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi.
Prezident qarori bilan nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinmoqda. Ulardagi rahbar va o‘qituvchilar malakasini oshirish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Pedagog o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. Holat yuzasidan ma’muriy ish ochilgan.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi. Viloyat MMTB rahbar pedagogik etika qoidalaridan chetga chiqqanini ma’lum qildi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda direktor o‘quvchilarni kaltakladi. IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Navoiyga tashrif buyurgan prezident shaharning yangi mahallalaridan birida joylashgan 22-maktabni ko‘zdan kechirdi. Unda 10 dan ortiq to‘garaklar — amaliy san’at, mehmonxona xizmatlari, rassomchilik, suratkashlik, IT, robototexnika, shuningdek, harbiy vatanparvarlik guruhi tashkil etilgan.
Toshkentdagi 188-maktab o‘quvchisini kaltaklagan Ozoda Ravshanova (7 sutka qamoq jazosini o‘tamoqda) ustidan navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish va haqorat qilishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi. Maktab direktori voqea bo‘lgan kunning ertasiga ishdan bo‘shatildi.
Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.
Chilonzordagi maktabda sinov muddatidagi rus tili o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchisini urgani ortidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘radi. Ular, shuningdek, o‘qituvchiga nisbatan “chora ko‘rishga” chaqirgan. Avvalroq IIB holat bo‘yicha surishtiruv ketayotgani haqida xabar bergandi.
Chilonzor tumanidagi maktabda sinov muddatida bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchisi birinchi ish kunida 6-sinf o‘quvchisini unga gap qaytargani uchun urdi. Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda.
Andijon shahridagi maktabda darsga kech qolgan qizlar jismoniy mashq qilishga majburlandi. O‘quvchilarni shu tarzda “jazolagan” maktabning mas’ul xodimiga intizomiy chora qo‘llandi.
Toshkent shahridagi 298-maktabning birinchi qavati va hovlisi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun moslashtirildi. U yerda ko‘zi ojizlar uchun panduslar, lift, panjara va taktil plitkalar o‘rnatilgan. Ovqatlanish xonasi va sanuzel ham tashkillangan. Bu O‘zbekistonda inklyuziv infratuzilmaga ega birinchi maktabdir.
Prezident 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Loyihalar orasida maktablar, shifoxonalar qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqaruvga o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimini yaxshilash va boshqalar bor.
Maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mamlakatda qo‘shimcha maktablar qurilishi prioritetdaligini ta’kidladi. Rejaga ko‘ra, bu yil 180 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni uchun maktab qurib bitkaziladi. Bu uchun 11 taga yaqin loyiha bor. Shuningdek, vazirlik bitta yangi maktab qurilishiga qancha mablag‘ ketishini ochiqladi.
O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi.
“Ayrim ota-onalar farzandi 6 yoshga to‘lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi, biroq bola har qancha aqlli bo‘lmasin, fikrlash qobiliyati to‘liq shakllanib ulgurmaydi”, — deydi SSV. Vazirlik ularni nega 7 yoshga yetgach maktabga yuborish kerakligi haqida tushuntirish berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting