Toshkent metropoliteni 2024-yil oxirida Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta yangi tarkibni oldi. O‘tgan yili jami 11 ta to‘rt vagonli poyezd olib kelindi.
“Paxtakor” metro bekatidagi eskirgan eskalator yangilanishi sababli 1-noyabrdan bekatning eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi. Jarayon qachon tugashi ma’lum emas. Metropoliten undan so‘ng Chilonzor yo‘nalishidagi “Mustaqillik maydoni” va “Hamid Olimjon” bekatlaridagi eskalatorlarni ham yangilaydi.
Poytaxtning Yashnobod tumanida metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunyod etilayotgan to‘rtta 7 qavatli uylarda 416 ta xonadon bo‘ladi. “Uysiz xodimlar, ya’ni asosan, tizimda ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan va yosh oilalarga beriladi”, — dedi metropoliten rasmiysi.
Kuniga 1 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadigan Toshkent metrosida oxirgi paytlarda tirbandliklar va nosozlik holatlari tez-tez kuzatilib, tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Metropoliten rasmiylari bu kabi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha rejasini ma’lum qildi. Batafsil.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yo‘lovchi tashildi. Kunlik tashish ko‘rsatkichi o‘rtacha 724,5 ming nafarni tashkil etmoqda.
Prezident vagonlar parkini yangilash, Toshkent metropolitenida poyezdlar orasidagi ikki daqiqali intervalni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bundan tashqari, metropolitenni 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda, bunda asosiy e’tibor yerosti metrosiga qaratiladi.
“Alisher Navoiy” metro bekatida poytaxtdagi OTMlardan birida o‘qiydigan 18 yoshli talaba qiz poyezd yaqinlashib kelayotgan vaqtda o‘zini rels ustiga tashladi. Mashinist poyezdni to‘xtata oldi, IIO xodimlari qizni platforma ustiga olib chiqishdi. Qiz jarohat olmadi.
Yangi Toshkentda “eski” Toshkent bilan bog‘langan tramvay va metroning yagona tarmog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. “Yangi shaharga metroda 30−35 daqiqada yetib borish mumkin… Avtomobilda kelishga ehtiyoj qolmaydi” , — deydi qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Odilov.
Metro vagonida tutqichni ushlab turgan qizga shilqimlik qilib, “prank” video olgan ikki blogerning har biriga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yerusti halqa metro yo‘lining “Qo‘yliq” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 5 ta yangi stansiyada yo‘lovchi tashuvlari boshlandi.
Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Toshkent metropolitenining 7-bekati (Qo‘yliq) 11 mart, shanba kunidan keyingi shanba kuniga qadar vaqtincha yopiladi. Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus qo‘yib beriladi.
Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida texnik ishlar bajarilishi sabab poyezdlar 16 dekabrdan soat 23:00 gacha harakatlanadi.
Poytaxt metropoliteni kuz boshlanishi bilan yo‘lovchilar oqimining oshishi kutilayotganidan ogohlantirdi. Yo‘lovchilardan transport kartalaridan foydalanish va vagonlar eshigi oldida to‘planib turmaslik, tushib ketayotganlarni kechiktirmaslik so‘raldi.
IIO xodimlari 3,5 yildan so‘ng Toshkent metrosiga kiraverishda yana paydo bo‘ldi. Metropoliten qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Anvar Hasanov avvalroq ularni texnik vositalar bilan almashtirish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, xodimlarning tashqi kirish joylariga qaytishi sabablarini tushuntirdi.
Toshkent metropolitenining yer usti uchastkalarida relslar 65 darajagacha qizigani sababli chorshanba kuni poyezdlar tezligi 25 km/soatgacha pasaytirildi. Poyezdlar harakat jadvalini me’yorda saqlash maqsadida «Chilonzor» yo‘nalishining yer osti yo‘li qismida poyezdlar tezligi 40 km/soatga tushirildi.
9 iyul kuni Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni munosabati bilan o‘z faoliyatini soat 04:00 dan boshlaydi.
Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi sababli 11 iyuldan 18 iyulga qadar yopiladi. Qolaversa, 11 iyuldan avgustga qadar yo‘nalishdagi poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.
«Tinchlik» metro bekatining 2-vestibyulida issiq suv quvurlaridan suv sizib chiqishi holati sodir bo‘ldi. Shu bois bekatning bir qismi vaqtincha yopildi va muammolar bartaraf etilmoqda, deb ma’lum qildi Toshkent metropoliteni.
«Chilonzor» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sabab «Olmazor» bekatida to‘xtab qoldi. Toshkent metropoliteni ma’lum qilishicha, buning oqibatida yo‘nalishning qolgan bekatlarida poyezdlar vaqtincha bir tomonlama harakatlanishiga to‘g‘ri kelgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting