Chorshanbadan Toshkent metropolitenining 15 ta stansiyasida avval soat 7:00 dan 19:00 gacha ishlagan ikkinchi vestibyullar endi soat 5:00 dan yarim tungacha ochiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonga 3 kunga ketgan prezident, 1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinishi, Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga borib ishlagani uchun shifokorlar maoshiga to‘lanadigan 100% ustama, O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratgan OTB, Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan MO va YeI maxsus vakillari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 23 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent metropoliteni tajriba tariqasida «Chilonzor» metro bekatida hojatxona qurishni boshladi, agar bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham tadbiq etiladi. Shuningdek, bekatlarda yo‘l ko‘rsatkichlarini zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Toshkentdagi «Kosmonavtlar» metro bekatida poyezd vagonida «nosozlik sababli tutun chiqdi», deya xabar qildi FVV. Yo‘lovchilar vagondan tushirilgan, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Poyezd ta’mirlashga jo‘natildi.
1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.
1 dekabrdan boshlab Toshkent metropolitenida aholida qolib ketgan jetonlarni to‘lov sifatida qabul qilish to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni va Rossiyaning «Transmashxolding» kompaniyasi o‘rtasida poytaxt metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Xususan, xolding yer usti yo‘lovchi transporti va metropoliten tarmoqlarini integratsiya qilish, metropolitenda savdo tizimini yo‘lga qo‘yish, metropoliten infratuzilmasi va harakat tarkibini yangilashga yordam beradi.
Toshkent metropoliteni boshlig‘iga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga chet ellik mutaxassis, yer osti yo‘llari samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev metropoliten alohida energiya tizimiga ega bo‘lishini ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, metroda tez-tez uchraydigan nosozliklarni bartaraf etish uchun qiymati 40 milliard so‘m bo‘lgan alohida podstansiya sotib olinmoqda.
Metroning halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatildi. Hodisa poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Toshkent metropolitenida jamoat tartibini buzgan holda to‘y qilib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan shaxslarga BHMning 4 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi. Eletkrodepo rahbari o‘rinbosari oyligining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi «Toshkent metropoliteni».
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar estakada orqali evakuatsiya qilindi. Metro yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan yilning oxirida uzoq kutilgan Sergeli metro yo‘nalishi ishga tushirildi. U tezda yo‘lovchilar bilan to‘ldi — kunning eng tig‘iz soatlarida vagonlar odamlar bilan to‘lib toshadi. Biroq, bu yo‘nalish atrofdagi shahar muhitidan uzilib qolgan (yaqinda ochilgan Qo‘yliq yo‘nalishi kabi).
Yangi qurilayotgan Sergeli yer usti metro yo‘nalishida test rejimida poyezd harakati amalga oshirildi. Metroning yil oxirigacha to‘liq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi.
Toshkent metrosining 17 ta bekatida bittadan chiqish vestibyullari «ishlab chiqarish ehtiyojlari sababli» vaqtincha yopiladi. Bu qancha vaqtgacha davom etishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushiriladi. Metroda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilish jiddiy nazorat qilinadi.
Sergelida qurilayotgan metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi. Maxsus nasos orqali quyilgan beton qotmagani sababli uning bir bo‘lagi poyezd ustiga tushgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting