2023-yilda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar tomonidan 3500 ta jinoyatchilik qayd etildi. Ularning 2280 tasi maktab o‘quvchilari hisobiga to‘g‘ri keldi. Prezident maktablarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularning “jinoyatga qarshi immunitetini” shakllantirish tizimini yaratish muhimligini aytdi.
Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkaziladi. Yaqinda ularga qator qonunbuzarliklarni sodir etganlarga nisbatan jazo qo‘llash vakolati berilgandi.
Atamurad Axmedov Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bunga Jah Khalib`ning konsertidagi voqealar sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Milliy gvardiya xodimlariga rezina tayoqlar bilan bir qatorda maxsus tayoqlardan ham foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Teleskopik tayoqlar, loyihada tushuntirilishicha, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish va faol qarshilik ko‘rsatgan tartibbuzarlarni bo‘ysundirishda qo‘l keladi.
DXX 20 ming dollar pora olishda gumonlangan “Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosarini, Xorazmda ishga kiritib qo‘yish uchun 1400 dollar va 1,2 mln so‘m pul olgan Milliy gvardiya xodimini hamda Toshkentda sud qarorini o‘zgartirib berish uchun fuqarodan 5 ming dollar olgan advokatni qo‘lga oldi.
Ekologik huquqbuzarlarni jarimaga tortish vakolatiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya va IIO, xususan, chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlashning oldini olish maqsadida reydlar o‘tkazishni boshladi. Bunday huquqbuzarliklar haqida 1354 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Tozalik loyihasi boti orqali ham xabar berish mumkin.
Toshkent shahrida 17-oktabr kuni Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
O‘zbekistondagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning ma’muriyati bilan birgalikda obyektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi.
Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Inamjon Ibragimov lavozimidan ozod etildi. U 2021-yil noyab oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.
Urganch shahrida bankka pnevmatik to‘pponcha bilan kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Holat yuzasidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlandi.
Prezident imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi huzurida qo‘riqlash va patrul xizmati tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. U qo‘riqlash xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobidan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida ishlaydi.
Milliy gvardiya qoshidagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Shuningdek, maktabga 650 mln so‘mlik beda pichani xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazilgan, keyinroq esa bitim bekor qilingan.
Senatorlar Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlariga ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, jumladan, daraxtlarni kesish, atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun jarima solish va qamoqqa olish imkoniyatini beruvchi qonunni ma’qulladi.
Quvasoyda Qo‘riqlash boshqarmasi va tez yordam mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Prezident Milliy gvardiya xodimlarining vakolatlarini kengaytirish, jumladan, ularga jamoat joyida spirtli ichimlik ichganlik, voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jarima solish imkonini beruvchi qonunni imzoladi.
Milliy gvardiyaga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda. Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, endi ular mayda bezorilik yoki sovuq qurol olib yurishga oid ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqa oladi hamda bayonnomalar tuzadi. Shuningdek, ular ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jarima qo‘llashga haqli.
Erkak 2019-yilning yozida 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Voqeadan so‘ng qiz bu haqda ota-onasiga aytishga jur’at eta olmagan. Keyinroq ular bundan xabardor bo‘lgach, huquq-tartibot idoralariga qayta-qayta ariza bilan murojaat qilgan. Jinoyat ishi 2023-yilning 4-apreliga kelibgina ochilgan.
Tarmoqlarda «Toshkent otchopari» AJga tegishli otxonada hayvonlar ochlikdan o‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Veterinariya qo‘mitasi 2 bosh ot noto‘g‘ri oziqlantirish oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha tergov oldidan tekshiruv tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev barcha darajadagi hokimlarga noqulay ob-havo davomida yo‘llarni tozalash ishlari va transport vositalarining xavfsiz harakatini tashkil etishni topshirdi. Hukumatga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish va muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting