Inamjon Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Milliy gvardiya qo‘mondoni farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish, qolaversa, ularga alohida to‘lovlar, imtiyozlar yoki kompensatsiyalar to‘lab berishni taklif qildi. «Farzandlikka olganga ham qandaydir pul to‘lovlari berilsa, bola asrab olish keskin ko‘payib ketadi degan umiddamiz», — dedi u. Shuningdek, bolani avvalambor o‘z oilasida qoldirish yoki yaqin qarindoshiga vasiylikka berish choralarini ko‘rish zarurligi aytildi.
Senatning 20-yalpi majlisida Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev yillar davomida navbatda turish fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan bola sotib olishga majbur qilayotganini ma’lum qildi. U hozirgi kunda 500 nafardan ortiq bolani asrab olishga qariyb 5800 nafar fuqaro navbatda turganini qayd etdi.
Buxoroda 10 ming dollar evaziga vakolatli tanishlari yordamida uy-joy qurish uchun yer olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Milliy gvardiya prezident qarori bilan o‘ziga biriktirilgan Mehribonlik uylaridagi bolalarni ota-onalariga qaytarish, vasiy tayinlash va farzandlikka olishga ko‘maklashadi. O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarning muammolarini o‘rganish va hal etish uchun «Mehr daftari» tizimi joriy qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi 21-mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Prezident ta’kidlashicha, «mehribonlik uyida sharoitlar yaxshi, lekin tarbiyalanuvchilarning 18 yoshdan keyingi mustaqil hayotiga ko‘maklashuvchi mas’ul idora yo‘q». Shu sababli, davlat rahbari barcha mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazish taklifini bildirdi.
Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Universitet IIV, Milliy gvardiya va Qurolli Kuchlarning bir qancha yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlaydi.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Prezident qaroriga ko‘ra, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etildi. Boshqarma mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlash xizmatlari uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili asosida amalga oshiradi.
Qashqadaryo viloyatida yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lib, 4 ming AQSH dollari so‘ragan shaxs aniqlandi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
AQSHda 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Donald Tramga impichment e’lon qilinishi jarayoni paytida Kongress binosida xavfsizlikni ta’minlash uchun minglab harbiylar jalb etildi.
Prezident tomonidan imzolangan Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Milliy gvardiya xizmatchisining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy qilib qo‘yiladi. Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. Qonun 2021 yil 20 maydan kuchga kiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Eski juva» bozoriga kirishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroni majburlab olib ketishgani tasvirlangan video tarqaldi. Milliy gvardiya mazkur holat yuzasidan munosabat bildirar ekan, mojaroga pirotexnika oldi-cotdisi bilan bog‘liq nizo sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida bir guruh fuqarolar «Milliy gvardiya» harbiy kiyimini kiyib, qurollangan holda yo‘lda ketayotgan shaxsga zo‘rlik ishlatgan. Bosqinchilik qilgan shaxslar voqea joyida qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining Milliy gvardiya xodimiga qo‘pollik qilib, uni haqoratlagani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Ularning har ikkisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting