«namangan» tegli maqolalar


Namanganda Spark kanalga tushib ketdi
3 mart 2023, 17:35

Namanganda Spark kanalga tushib ketdi

Uchqo‘rg‘on tumanida Spark avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina chiqarib olindi, hech kimga jarohat yetmagan.

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi
28 fevral 2023, 10:15

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi

Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

Namanganda qoidabuzarliklarni aniqlovchi Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi
30 yanvar 2023, 16:30

Namanganda qoidabuzarliklarni aniqlovchi Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi

Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda
26 yanvar 2023, 11:27

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi
24 yanvar 2023, 09:50

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi

Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.

Namanganda 3 ta fura to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
16 yanvar 2023, 09:28

Namanganda 3 ta fura to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Pop tumanida 3 ta MAN yuk avtomobili to‘qnashib, yong‘in yuz berdi. Yong‘inni salkam bir soat davomida 4 ta qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi
13 yanvar 2023, 11:42

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi

Namangan tumanidagi xonadonlarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 9 yoshli farzandi kuyish jarohatini oldi.

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi. O‘limga is gazi sabab bo‘lishi mumkin
9 yanvar 2023, 10:08

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi. O‘limga is gazi sabab bo‘lishi mumkin

Chust tumanida 3 va 8 yoshli bola sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 8 yoshli bola birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etdi. Viloyat FVB o‘limga is gazi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.

Namanganda xonadon yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi
3 yanvar 2023, 11:38

Namanganda xonadon yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi

1 yanvar kuni tongda Kosonsoy tumanida xonadonlardan biri yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi. Tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand va Namangan respublika bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Bu nima degani?
28 dekabr 2022, 19:44

Samarqand va Namangan respublika bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Bu nima degani?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand va Namanganni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarga aylantirishni taklif qildi. Yangi maqom bu shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qanday ta’sir qiladi, oddiy aholi-chi, bundan qanday naf ko‘radi? «Gazeta.uz» shu kabi savollar bilan ekspertlarga murojaat qildi.

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi
20 dekabr 2022, 12:12

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishini taklif qildi. Ularni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanishi belgilandi.

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
11 dekabr 2022, 13:57

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi
18 noyabr 2022, 11:42

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lida Volvo yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q.

Namanganda korxona rahbari 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda
22 oktabr 2022, 15:11

Namanganda korxona rahbari 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

Pop tumanida bank tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd so‘m evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborgan MCHJ rahbari aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etiladi
6 oktabr 2022, 10:01

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan keyingi o‘quv yilidan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti o‘z faoliyatini boshlaydi. Institutda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi. Shuningdek, OTM qoshida To‘qimachilik texnoparki ochiladi.

Namanganda 27 500 voltli tok urgan o‘smir tirik qoldi
27 sentabr 2022, 11:30

Namanganda 27 500 voltli tok urgan o‘smir tirik qoldi

Namanganda simyog‘ochga chiqishga harakat qilgan 16 yoshli bolani 27 500 volt kuchlanishdagi elektr toki urdi. Shifoxonadagi muolajalardan so‘ng bemorning ahvoli yaxshilandi.

Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin
21 sentabr 2022, 18:18

Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin

Namanganda aholi xonadonlariga taqab metan «zapravka» qurilmoqda. Qurilish zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan boshlangan. Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, qurilish tepasida Namangandagi ko‘plab AGTKSlar egasi, viloyat hokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin. Maqola muallifi trollar hujumiga uchradi.

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi
12 sentabr 2022, 17:28

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi

Namanganda Equinox, Lacetti, Nexia va VAZ-2106 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hududga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Namanganda $2 mlndan ortiq valyutani noqonuniy tarzda xorijga olib chiqishga urinishdi
24 avgust 2022, 11:19

Namanganda $2 mlndan ortiq valyutani noqonuniy tarzda xorijga olib chiqishga urinishdi

DXX tomonidan Namanganda 2 mln dollardan ortiq valyutaning Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Gumonlanuvchi ikki shaxsga tegishli avtoulovdan 1,8 mln dollar, ularga valyuta yetkazib beruvchi shaxs avtomobilidan esa 167 ming dollar topilgani aytilmoqda.

Namanganda Qur’onning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘rilagan shaxslar qo‘lga olindi
19 avgust 2022, 11:40

Namanganda Qur’onning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘rilagan shaxslar qo‘lga olindi

Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan Qur’onning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘rilagan ikki nafar shaxs ushlandi. Ular kitobni Namangan shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida saqlab kelgani aytilmoqda. Kitobga zarar yetkazilmagan. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting