Kubada minglab aholi hukumatga qarshi namoyish o‘tkazdi. Namoyishchilar aholini koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta’minlashni talab qildilar va elektr energiyasi hamda oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlardan noroziliklarini bildirdilar. Bu mamlakatdagi 30 yil ichidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.
Niderlandiyadagi COVID-19 ga qarshi karantin choralari tufayli norozilik namoyishlari mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarga olib keldi. Ushbu holat 40 yildan buyon Gollandiyada ilk bora sodir etilayotgani qayd etildi.
Tayvan orolida 200 kun mobaynida koronavirusga chalinish yangi holatlari kuzatilmaganligi, NASA va ESA Oy yaqinida orbital stansiyani yaratishi, Kiprda karantinga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga kelishib olishdi. Kelishuv bo‘yicha YeI Belarus mamlakati bilan hamkorlikni to‘xtatadi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.
Belarusdagi prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va tovushli granatalardan foydalanilgan.
Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan minglab fuqarolar namoyish o‘tkazdi. Ular Oq uy, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binolarini egallab oldi va sobiq prezident Almazbek Atambayevni ozod qildi. Davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov siyosiy kuchlarni aql bilan ish ko‘rishga chaqirdi va ovoz berish natijalari bekor qilinishi mumkinligi haqida aytdi.
Slovakiya, Litva va Germaniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasini tan olmasliklarini e’lon qilgan birinchi Yevropa davlatlari bo‘ldi. Inauguratsiya yakunlangach, Minskda va bir qator shaharlarda darhol norozilik namoyishlari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting