Anomal sovuq va energoinqiroz, muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovi, jahon yetakchilarining tashriflari, dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari, Sergelidagi portlash. “Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakuniga yetayotgan yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.
Tanzila Narbayeva mamlakat mustaqilligi bilan bog‘liq chiqishlarga to‘xtaldi. “O‘zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo‘lmaydi”, — dedi Senat raisi yoshlar bilan uchrashuvda.
Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepin SSSRga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni tiklash taklifi bilan chiqdi. U misol sifatida O‘zbekistonni qo‘shib olib, u yerda rus tilini o‘rgatish kerakligini aytdi. Jamoatchilik taklifni mustaqillikka tajovuz sifatida baholab, TIV rasmiy nota yuborishi kerakligini ta’kidladi.
Eron hukumati 33 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bir tomonlama viza talablarini bekor qilish haqidagi qarorni ratifikatsiya qildi. Mamlakat turizm vaziri bu qaror Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yishini bildirdi.
Qozog‘istonning magistral neft quvuri milliy operatori “Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilishni uch baravarga oshirmoqchi. Yetkazib berish hajmini 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekanini ta’kidladi. “Shartnoma yuzasidan ishlar ancha qizg‘in davom etmoqda, umuman olganda, biz shartnoma imzolashdan yiroqda emasmiz”, — dedi u.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi DV-2023 (Grin kard) dasturi orqali immigratsion vizalarni taqdim etish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Bu mavsumda lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqqan, berilgan vizalar soni esa 3100 dan ko‘proqni tashkil etgan.
Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.
O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etganidan so‘ng jamoasi g‘alabaga haqli ekanini aytdi. Murabbiy va futbolchi Otabek Shukurov Ashxoboddagi “o‘ynab bo‘lmaydigan” sun’iy maydondan shikoyat qildi.
15-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqer Almoqbel tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.
Toshkentda AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu ishtirokida strategik sheriklik muloqotining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Diplomat Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.
ChatGPT sun’iy intellekt bilan ishlovchi chat botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi o‘z servisi ishlaydigan hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shdi. Endilikda mamlakatda ChatGPT ro‘yxatidan rasman o‘tish va uni ishlatish mumkin.
Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatga ko‘ra, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda.
Prezident O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdamligi va uning qabul qilingan rezolyutsiyalarga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U, shuningdek, yoshlarni yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi.
YeI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.
7-oktabrdagi kuchli zilzilalardan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga O‘zbekistondan qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yetkazildi. Jo‘natma tarkibida oziq-ovqat va birlamchi tibbiy yordam vositalari bor.
O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan O‘zbekistonga uchish uchun bemalol aviachipta olishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo‘qolgan yoki yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini xabardor qilish so‘raldi.
O‘zbekiston birinchi marta 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.
Germaniya olti davlat, jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu, jumladan, noqonuniy migrantlarning o‘z vatanlariga tezroq qaytishlariga imkon beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting