«o‘zgidromet» tegli maqolalar


Hafta davomida sovuq ob-havo kuzatiladi
5 dekabr 2022, 12:10

Hafta davomida sovuq ob-havo kuzatiladi

Seshanba kunidan O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi to‘xtaydi, ammo sovuq ob-havo butun hafta davomida saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati −3…+2 daraja, kechasi −3…−8, shimolda ba’zi joylarda −20 darajagacha bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi
2 dekabr 2022, 12:19

O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Havo harorati kechalari −2…−7 daraja, kunduz kunlari 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda dekabr oyi sovuq kunlar bilan boshlanib, iliq harorat bilan tugaydi
1 dekabr 2022, 11:36

O‘zbekistonda dekabr oyi sovuq kunlar bilan boshlanib, iliq harorat bilan tugaydi

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, respublikada dekabrning birinchi o‘n kunligi sovuq bo‘ladi. Harorat −4…−7 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida kechasi -7, kunduzi +15…+3 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyi juda iliq bo‘lgandi.

Hafta davomida harorat odatdagidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda
21 noyabr 2022, 12:51

Hafta davomida harorat odatdagidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Seshanba kunidan boshlab ish haftasining oxirigacha O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va iliq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Harorat +15…+20 daraja atrofida bo‘lib, ba’zi joylarda esa +23 darajagacha ko‘tariladi. Respublika bo‘ylab ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.

Shanba kuni yomg‘ir yog‘adi, yakshanba yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
18 noyabr 2022, 13:06

Shanba kuni yomg‘ir yog‘adi, yakshanba yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

Shanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi, 15−20 m/s gacha shamol bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, havo harorati kechasi +3…+8, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.

Hafta boshida tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi
11 noyabr 2022, 17:57

Hafta boshida tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi

O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi — dushanba kunidan boshlab Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Seshanba kunidan havo soviy boshlaydi
7 noyabr 2022, 14:27

Seshanba kunidan havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonda seshanba kunidan havo harorati pasaya boshlaydi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Chorshanbadan boshlab tungi vaqtlarda harorat -2 darajagacha tushib ketadi. Hafta oxirida esa havo iliq bo‘lishi va me’yorga yaqinlashishi prognoz qilinmoqda.

Noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi
1 noyabr 2022, 10:31

Noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi

Sinoptiklar noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Oy davomida iliq va sovuq to‘lqinlar bir-biri bilan o‘rin almashadi. Harorat kechalari +2…+8 daraja, kunduz kunlari +5…+18 darajagacha o‘zgarib turadi. Sovuq davrlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi
31 oktabr 2022, 12:12

Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

Noyabr oyi respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi hisobiga yog‘ingarchiliklar bilan boshlanishi kutilmoqda. Hafta davomida respublikaning turli viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat ham o‘zgarib turadi. Kunduzi o‘rtacha +12…+17 daraja atrofida bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor.

oktabr oyining so‘nggi kunlarida yomg‘ir yog‘adi
28 oktabr 2022, 11:53

oktabr oyining so‘nggi kunlarida yomg‘ir yog‘adi

30−31 oktabr kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi hisobiga yomg‘ir yog‘adi. Viloyatlarda shamol tezligi kuchayishi mumkin. Harorat +10…+13 darajagacha pasayadi.

Haftaning birinchi yarmi yomg‘irli bo‘ladi
24 oktabr 2022, 18:37

Haftaning birinchi yarmi yomg‘irli bo‘ladi

Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalarining bir qator kirib kelishi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni belgilaydi. Payshanba va juma kunlari quruq va nisbatan iliq ob-havo boshlanadi, ammo kunduzi harorat +19 darajadan, kechasi esa +8 dan oshmaydi.

Hafta oxirida harorat yana pasayadi
21 oktabr 2022, 15:28

Hafta oxirida harorat yana pasayadi

O‘zgidrometning xabar berishicha, shanba kuni havo iliq, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Yakshanbadan ob-havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

22−26 oktabr kunlari 4 ta hududda yomg‘ir yog‘adi
21 oktabr 2022, 11:00

22−26 oktabr kunlari 4 ta hududda yomg‘ir yog‘adi

22−26 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi
18 oktabr 2022, 20:37

Toshkentda havo sifati yaxshilandi

Seshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo sifati yaxshilandi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

O‘zgidromet havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi
17 oktabr 2022, 21:31

O‘zgidromet havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Ko‘chalarda tirbandlik, katta qurilishlar, daraxtlarni kesish, magistral yo‘llar va maysazorlarga keng ko‘lamda suv sepilmasligi, shahardagi atmosfera bo‘shlig‘ining past shamollatilishi havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib keladi. O‘zgidromet vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Toshkentda soat 23:00 gacha havoning chang mayda zarralari bilan ifloslanishi kuchayadi — O‘zgidromet
17 oktabr 2022, 18:15

Toshkentda soat 23:00 gacha havoning chang mayda zarralari bilan ifloslanishi kuchayadi — O‘zgidromet

O‘zgidromet dushanba kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahrida atmosfera mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishini ma’lum qildi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan imkon boricha uydan chiqmaslik va ko‘chada tibbiy niqob taqib yurish so‘ralmoqda.

Haftaning birinchi qismida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi
17 oktabr 2022, 12:37

Haftaning birinchi qismida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

O‘zbekiston hududida haftaning birinchi yarmida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Payshanba va juma kunlari esa yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Harorat kunduzi +25 darajagacha iliq, kechasi +8 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi
14 oktabr 2022, 11:28

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi. Harorat +29 darajagacha yetishi mumkin. Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Hafta boshida sovuq va nam havo kirib keladi — O‘zgidromet
13 oktabr 2022, 15:51

Hafta boshida sovuq va nam havo kirib keladi — O‘zgidromet

17 oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18−19 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu kunlarda havo harorati 8−10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zgidromet qish mavsumi uchun kutilayotgan dastlabki prognozlarni e’lon qildi
12 oktabr 2022, 18:41

O‘zgidromet qish mavsumi uchun kutilayotgan dastlabki prognozlarni e’lon qildi

Qish mavsumida harorat −10 darajagacha sovuq, shimolda esa −20 darajagacha pasayishi ehtimoldan holi emas, bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5−8 darajaga past, deb hisoblaydi sinoptiklar. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan umumiy baholash aniqligi yuqori emas, deyiladi O‘zgidrometda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting