«o‘zgidromet» tegli maqolalar


Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havo kuzatiladi
7 oktabr 2024, 17:39

Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.

Oktabrda qanday ob-havo kuzatiladi?
2 oktabr 2024, 17:37

Oktabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda oktabr oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi, 5-oktabrdan esa harorat foni pasaya boshlaydi, yomg‘ir yog‘adi. Oy davomida harorat kechalari +8…+15, kunduz kunlari +15…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
30 sentabr 2024, 13:27

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Hafta davomida respublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechalari +7…+17, kunduz kunlari +22…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi
27 sentabr 2024, 12:34

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi

Dam olish kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi 22…+29 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmidan havo salqinlashadi
23 sentabr 2024, 11:51

Haftaning ikkinchi yarmidan havo salqinlashadi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Ikkinchi yarmida esa Kaspiy dengiz hududlaridan biroz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
20 sentabr 2024, 13:09

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi.

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
10 sentabr 2024, 13:31

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

10−13-sentabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda avgustda harorat me’yordan o‘rtacha 2−3,5 darajaga yuqori bo‘ldi
6 sentabr 2024, 17:59

O‘zbekistonda avgustda harorat me’yordan o‘rtacha 2−3,5 darajaga yuqori bo‘ldi

O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi me’yordan 1−2 darajaga iliqroq bo‘lib, barcha kuzatuv yillaridagi eng iliq uchlikka kirdi. Qolaversa, oy quruq o‘tdi, yomg‘ir juda kam yog‘di. O‘zgidrometga ko‘ra, 2024-yilning yozini harorat tartibiga nisbatan qulay deb baholash mumkin.

Dam olish kunlari harorat +22 darajagacha pasayadi
6 sentabr 2024, 15:09

Dam olish kunlari harorat +22 darajagacha pasayadi

Juma kunidan O‘zbekistonga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +22…+27 darajagacha pasayadi.

Hafta o‘rtasida harorat biroz pasayadi
26 avgust 2024, 11:12

Hafta o‘rtasida harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonga hafta o‘rtasida nisbatan salqin havo kirib kelib, harorat 2−3 darajaga pasayadi: kunduzi +27…+30, janubda +35 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Jumadan harorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.

Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi
23 avgust 2024, 14:42

Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat shanbada +34…+37, yakshanba kuni esa +30…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi
19 avgust 2024, 13:28

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

Dushanbadan harorat asta-sekin ko‘tariladi, lekin nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduzi havo +30…+35, ba’zi joylarda +37 darajagacha isiydi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
16 avgust 2024, 22:01

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

18−19-avgust kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi
16 avgust 2024, 15:02

Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi

Dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Harorat kunduz kunlari +27…+36, kechalari +17…+22 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Hafta davomida harorat ko‘tariladi, lekin oxirida yana pasayadi
12 avgust 2024, 13:27

Hafta davomida harorat ko‘tariladi, lekin oxirida yana pasayadi

O‘tgan hafta oxirida pasaygan harorat yangi hafta davomida yana ko‘tariladi. Dushanbadan havo +37…+43 darajagacha isiydi. Payshanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga salqin havo kirib kela boshlaydi, juma kuni esa barcha hududlarga tarqaladi.

Dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi
9 avgust 2024, 12:12

Dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi: harorat kunduzi +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Iyul oyi harorat bo‘yicha oldingi yillardagidan qulayroq bo‘ldi — O‘zgidromet
7 avgust 2024, 17:47

Iyul oyi harorat bo‘yicha oldingi yillardagidan qulayroq bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlaridan ancha uzoq bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Oy oxirida maksimal harorat +41, janubda +46 darajaga yetdi.

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi
5 avgust 2024, 17:56

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi

O‘zbekistonda hafta boshida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. 8−9-avgustda issiq kuchayadi va aksariyat hududlarda havo +40…+44 darajagacha isiydi. Ayrim kunlarda tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.

Dam olish kunlari havo quruq va kam bulutli bo‘ladi
2 avgust 2024, 13:02

Dam olish kunlari havo quruq va kam bulutli bo‘ladi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +34…+39, janubda va cho‘l hududlarda +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?
30 iyul 2024, 20:47

Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” sinoptiklari avgust oyi ob-havosi uchun dastlabki prognozini tayyorladi. Oy issiq havo bilan boshlanadi, keyinchalik jazirama biroz pasayadi. Ilk o‘n kunlikda kunduzgi harorat +36…+39 darajada bo‘ladi. Avgust oyi quruq keladi, uchinchi o‘n kunlikda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting