«o‘zgidromet» tegli maqolalar


Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
13 oktabr 2023, 11:33

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ertalab harorat +3 darajagacha pasayadi, yakshanba kuni kunduzi +20 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfini e’lon qildi
11 oktabr 2023, 15:53

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfini e’lon qildi

12−13-oktabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

O‘zgidromet juma kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi
10 oktabr 2023, 14:20

O‘zgidromet juma kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi

O‘zgidromet juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Harorat kunduzi +10, kechasi +2 darajagacha pasayishi mumkin.

Bu yilgi qishda yanvardagidek anomal sovuq kutilmayapti — O‘zgidromet
5 oktabr 2023, 14:16

Bu yilgi qishda yanvardagidek anomal sovuq kutilmayapti — O‘zgidromet

Kelayotgan qish mavsumida yanvar oyida kuzatilganidek anomal hodisalar bo‘lishi kutilgani yo‘q, deya ma’lum qildi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev. — Biroq harorat −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
4 oktabr 2023, 14:47

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

6−7-oktabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda hafta oxirida yomg‘ir yog‘adi
3 oktabr 2023, 11:31

O‘zbekistonda hafta oxirida yomg‘ir yog‘adi

Payshanba kuniga qadar respublikaning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxirida Kaspiy dengizdan nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20 darajagacha pasayadi.

Oktabrda qanday ob-havo kuzatiladi?
27 sentabr 2023, 14:50

Oktabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda oktabr oyining birinchi haftasida harorat +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +13…+18 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab harorat 0…-3 darajagacha tushishi ham mumkin. Yomg‘ir 4 kundan 8 kungacha kuzatiladi, qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor.

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi
25 sentabr 2023, 11:29

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari va ertalab harorat +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +30 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi
18 sentabr 2023, 14:07

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi

20−22-sentabr kunlari yog‘ishi kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda “iqlimiy yoz” davom etmoqda — O‘zgidromet
12 sentabr 2023, 14:25

O‘zbekistonda “iqlimiy yoz” davom etmoqda — O‘zgidromet

Iqlimshunoslarning fikricha, haqiqiy kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat +20 darajadan pastga tushganda, yomg‘ir tez-tez yoqqanda boshlanadi. sentabr o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda hali “iqlimiy yoz” davom etmoqda.

Toshkent havosidagi chang zarralari normadan 43 marta ko‘p bo‘ldi — O‘zgidromet
11 sentabr 2023, 20:33

Toshkent havosidagi chang zarralari normadan 43 marta ko‘p bo‘ldi — O‘zgidromet

Dushanba kuni chang bo‘ronlari poytaxtdan tashqari Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Surxondaryoda ham kuzatildi. O‘zgidromet Toshkentda PM10 zarralari ruxsat etilgan normadan 2,4 marta, PM2,5 zarralari esa 43 marta ko‘p bo‘lganini ma’lum qildi. Poytaxtda chang dushanba kuni kechasi ham saqlanib qoladi.

Avgust oyida O‘zbekistonning ayrim hududlarida rekord miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi
6 sentabr 2023, 16:03

Avgust oyida O‘zbekistonning ayrim hududlarida rekord miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi

Odatda, avgust O‘zbekistonda eng qurg‘oqchil oy bo‘lsada, bu yil uning so‘nggi kunlarida ayrim hududlarda bir sutkalik yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan bir necha marta ko‘p bo‘ldi. Umuman olganda, 2023-yilgi avgust oyi avvalgilariga qaraganda sovuqroq bo‘ldi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
29 avgust 2023, 10:19

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

30−31-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
28 avgust 2023, 11:35

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.

O‘zbekistonda kuz oylarida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
25 avgust 2023, 18:21

O‘zbekistonda kuz oylarida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?

Sentabrda o‘rtacha oylik havo harorati +18… +25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. oktabrda +12 darajagacha, noyabrda esa +8 darajagacha tushadi, biroq kechalari sovuq bo‘ladi. sentabrda yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kamroq, qolgan oylarda esa me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda, ammo janubda kam bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
25 avgust 2023, 11:18

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni Rossiyadan nam va salqin havo massalari kirib kela boshlaydi. Yakshanba kuni barcha hududlarda bulutlilik kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi.

27−29-avgust kunlari tog‘li hududlarga sel kelishi mumkin
24 avgust 2023, 12:17

27−29-avgust kunlari tog‘li hududlarga sel kelishi mumkin

O‘zbekistonga 26−28-avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi, 27−29-avgust kunlari tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi harorat +23 darajagacha pasayadi.

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi
11 avgust 2023, 11:45

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi

Juma kuni Ural hududlaridan kirib keladigan salqin havo hisobiga dam olish kunlari harorat pasayadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30…+32, janubda +35 darajadan oshmaydi. Harorat tushishi kelgusi haftaning o‘rtasigacha davom etadi.

Hafta salqin bo‘ladi
7 avgust 2023, 12:28

Hafta salqin bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatilgan salqin ob-havo juma kungacha davom etadi. Harorat +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasiga borib kunlar biroz isishi mumkin. Ayrim joylarda qisqa yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi
4 avgust 2023, 11:37

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi

Shanba kuni O‘zbekistonga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib keladi. Kunduzi harorat barcha joylarda +35 darajagacha, janubda +38 darajagacha pasayadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting