«odam savdosi» tegli maqolalar


Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
18 mart 2023, 09:19

Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Interpol odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan ayolni BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Uning ayollarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

Samarqandda fuqaroni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
7 mart 2023, 14:35

Samarqandda fuqaroni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Samarqand xalqaro aeroportida 29 yoshli ayolni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
4 yanvar 2023, 12:35

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

Odam savdosi jinoyati bo‘yicha gumonlanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorligida amalga oshirildi.

Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
29 dekabr 2022, 12:44

Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi ayol ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi
21 dekabr 2022, 08:13

O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi

Ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullanib kelgan er-xotin faoliyatiga chek qo‘ydi.

Toshkentda 55 nafar fuqaroni xorijga sotib yuborgan korxona rahbari 8 yilga qamaldi
1 dekabr 2022, 15:02

Toshkentda 55 nafar fuqaroni xorijga sotib yuborgan korxona rahbari 8 yilga qamaldi

Toshkentda xususiy bandlik firmasi 100 ga yaqin fuqaroni xorijda ishga joylashtirishga va’da berib, aldov yo‘li bilan ularning 55 nafarini sotib yuborgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi korxona rahbariga 8 yil 1 oy, qolgan 2 nafar xodimga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
30 noyabr 2022, 10:54

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 25 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollar olayotganda paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi
23 noyabr 2022, 20:15

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalik qilish uchun yuborishni rejalashtirgan ikki fuqaro 5 yilu 1 oydan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Samarqandda fuqaroni AQShga yuborish evaziga $40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
18 noyabr 2022, 15:49

Samarqandda fuqaroni AQShga yuborish evaziga $40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi

DXX fuqaroni AQShga yuborishni va’da qilib, undan 40 ming dollar talab qilgan shaxslarni gumonlanuvchi sifatida qo‘lga oldi.

Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi
30 sentabr 2022, 15:41

Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi

Toshkent viloyatida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib kelgan 23 va 22 yoshli ayollar aniqlandi. Ular boshqa bir ayolni xorijga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Aybdorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

USAID 35 nafar odam savdosi qurbonini O‘zbekistonga qaytarishga yordam berdi
22 iyul 2022, 17:24

USAID 35 nafar odam savdosi qurbonini O‘zbekistonga qaytarishga yordam berdi

«Istiqlol Avlodi» NNT va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magida 2021 yilning oktabr oyidan beri odam savdosi qurbonlarining 35 nafari Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi.

O‘zining farzandini sotishga uringan ayollar qo‘lga olindi
11 iyul 2022, 14:01

O‘zining farzandini sotishga uringan ayollar qo‘lga olindi

Toshkentda 28 yoshli ayol salkam bir oylik chaqalog‘ini 35 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Sirdaryoda esa 29 yoshli ayol 4 yoshli farzandini 16 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Turkiyaga qizlarni fohishalikka yuborishga uringanlikda gumonlangan shaxs ushlandi
15 iyun 2022, 16:36

Turkiyaga qizlarni fohishalikka yuborishga uringanlikda gumonlangan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida yangiyo‘llik 40 yoshli ayol 20 va 23 yoshli ikki nafar qizni aldov yo‘li bilan Turkiyaga chiqarib yuborishga uringanida qo‘lga tushdi. Unga nisbatan odam savdosi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryoda farzandini $15 mingga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi
10 iyun 2022, 10:28

Sirdaryoda farzandini $15 mingga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Guliston shahrida 26 yoshli ayol o‘zining 1 yoshli farzandini 15 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondor hibsga olindi.

Odam savdosida gumon qilingan o‘zbekistonlik ayol BAAdan deportatsiya qilindi
5 fevral 2022, 14:34

Odam savdosida gumon qilingan o‘zbekistonlik ayol BAAdan deportatsiya qilindi

Odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib, 9 yildan beri Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol BAAdan deportatsiya qilindi. U qizlarni aldab, BAAga olib borgani va pasportlarini olib qo‘yib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgani aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 dekabr 2021, 23:36

Jahon yangiliklari dayjesti

Bishkekda muxolifatchi partiya yetakchisiga hujum uyushtirilgani, AQShda maktabda sodir bo‘lgan otishmada uch o‘quvchi halok bo‘lgani, Moskva COVID-19'ga qarshi kurashda innovatsiyalar bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egallagani, Nur-Sultonda olti nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikka sotgan shaxs qo‘lga olingani, Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev tasvirlangan yangi banknotalar muomalaga chiqarilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Odam savdosi bilan shug‘ullanadiganlar ro‘yxati yuritiladi
23 noyabr 2021, 17:53

Odam savdosi bilan shug‘ullanadiganlar ro‘yxati yuritiladi

Hukumat qarori bilan odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasi yuritiladi. Unga odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar kiritiladi. Ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari bilan ko‘rsatiladi.

Navoiyda er-xotin farzandini 85 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
22 sentabr 2021, 19:46

Navoiyda er-xotin farzandini 85 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ikki yoshli farzandini sotishga uringan samarqandlik er-xotin qo‘lga olindi.

Toshkentda qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
14 avgust 2021, 13:35

Toshkentda qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Poytaxtning Yangihayot tumanida olti kunlik qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi
28 iyul 2021, 13:39

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yordam berishga mo‘ljallangan Telegram-bot ishga tushirildi. Unda chet elda ishlash va yashash qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, chet elda ishlayotganlarni qo‘llab-quvvatlash turlari to‘g‘risida bilib olish mumkin. Bundan tashqari, botga odam savdosi to‘g‘risida ma’lumot yuborilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting