AQSh Davlat departamenti Odam savdosi to‘g‘risidagi yangi hisobotida O‘zbekistonni ikkinchi toifaga (Tier 2) kiritdi. Ushbu toifaga AQShning odam savdosi qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining minimal talablariga to‘liq rioya etmayotgan, biroq jiddiy choralarni ko‘rayotgan davlatlar kiritiladi. O‘tgan yili mamlakatda odam savdosi bilan bog‘liq 93 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izboskan tumanida G. va O. kimdan ekani noma’lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini sotishga urindi. Ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida 700 dollar evaziga «er-xotin mijoz»ga chaqaloqni bergan. Fuqaro O. 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, chaqaloqning onasiga esa shartli jazo tayinlandi.
Toshkentlik ayol Navoiy viloyatida tug‘ilgan 23 yoshli qizni avvaliga, poytaxtga ishga olib kelib, keyinchalik Turkiyaga olib ketgani aniqlandi. Navoiy viloyati IIB xodimlari o‘tkazgan surishtiruv natijasida ayol o‘z qarzini to‘lash uchun qizni Turkiyada yashovchi shaxsga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Navoiy viloyatida niqohsiz dunyoga kelgan 3 oylik bolasini 25 ming AQSH dollariga sotgan ayol ushlandi. Bolani sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro chaqaloq uchun shu narxga baholangan ikki xonali uy olib berishni taklif qilgan.
Toshkentda 14 kishini Yevropaga ishga jo‘natishga ishontirib, ularni Rossiya, Ukraina va Belorussiyada qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslarga firibgarlik va odam savdosi ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyatida fuqaro tanishi bilan birga o‘zining 3 yashar farzandini 4000 AQSH dollariga sotayotgani aniqlandi. Bolaning onasi bundan avval ham shunday holatni sodir etgani ma’lum bo‘lgan. Fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qozog‘istonda 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bir yil davomida mehnat qulligida o‘tkazdi. Hujjatlari olib qo‘yilgan va unga jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazining 30 o‘rinlik hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar soni esa 50 taga oshiriladi.
USAID, XMT va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan amalga oshirilgan «Qadr-qimmat va huquqlar» dasturi doirasida 1700 dan ortiq odam savdosi jabrdiydalari O‘zbekistonga qaytib kelib, reintegratsiya yordamini olishdi. Bundan tashqari, 95 mingdan ortiq fuqaroga odam savdosi xatarlari bo‘yicha maslahatlar berildi.
Prezident tomonidan imzolangan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi» qonunning yangi tahririga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot oshkor etilmaydi. Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi ham belgilandi.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.
Gulistonda 2019 yilda tug‘ilgan qizini 17 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi.
2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting