Oliy sud muqaddam 6,5 yilga qamalgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishiga kassatsiya tartibida berilgan shikoyatni ko‘rib chiqib, hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Sud toshkentlik bloger Miraziz Bozorovni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilganlikda aybli deb topib, unga 3 yil muddatda ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.
Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari fuqaroning o‘g‘liga nogironlik nafaqasini chiqarib berishni va’da qilib, buning evaziga 500 ming so‘m pora olgani aytilmoqda. Kitob tuman sudi shifokorni aybli deb topib, unga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 120 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi.
Jizzaxdagi bino qulashi ortidan viloyat hokimining ishdan bo‘shatilgan o‘rinbosari Akram Rahmonqulov bir qancha jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish va 111,5 mln so‘m jarimaga tortish jazosi tayinlandi. Jinoyat ishi doirasida jami 27 kishi, jumladan, Akram Rahmonqulovning to‘rt nafar ukasi va o‘g‘li javobgarlikka tortildi.
Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda Shuhrat Mahmudov, Rustam Haydarov va Djamol Choriyevni 10 yillik muddatga Oliy sud sudyasi etib saylash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Sud Kattaqo‘rg‘on viloyati soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarining o‘limida yo‘l-patrul xizmatining ikki sobiq xodimini aybdor deb topdi. Har biriga 2 yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Toshkentda Oliy sud raisi Kozim Komilovga tegishli Malibu rusumli xizmat mashinasi YTHga uchradi. Hodisa yuz berganda rais mashinada bo‘lmagan. Avtomobil haydovchisi hozirda davolanmoqda.
Andijon tumanida 6 nafar erkak tomonidan dala shiyponida zo‘rlanganini aytgan 20 yoshli kelin tuhmat qilganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 2 yil-u 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Noyabrdagi jinoyat ishi appelyatsiyada ham ko‘rib chiqilgan va hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Qashqadaryoda Termiz tuman sudida sudya bilan janjallashib qolgan voqeadan so‘ng qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Effect.uz internet-nashrining uch jurnalistiga hukm chiqarildi. Ulardan biri uch yilga ozodlikdan mahrum etildi, ikki nafariga turli muddatlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Oybek Barakabayev va Doniyorjon Tojiboyev o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.
6 ta jinoyat ishi bo‘yicha reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi.
Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida sportchi qotillikda gumonlanuvchilardan biri bilan o‘zaro nizoda bo‘lgani aytildi. Gumonlanuvchilarning eng kattasi 29 yoshda, eng kichigi — 16−17 yoshli maktab o‘quvchilari. Mazkur ish bo‘yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.
Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning qayd etishicha, qonunchilikka o‘zgartirish kiritish orqali korrupsionerlarga jinoiy jazoni o‘tashda yengillik berilmaydi. Masalan, korrupsion jinoyatni sodir etganlar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmaydi, ularga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirilmaydi.
Toshkentdagi 7-uy ishi bo‘yicha avvalgi instansiyalar sudlarining qaroriga qarshi Universal Packing Master va Jemchug House`larning murojaati qanoatlantirilmadi. Oliy sud shahar aholisi foydasiga qaror chiqardi.
Oliy sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan 16 nafar ayolning aybini tan olganligini va pushaymonligini inobatga olgan holda, ularning jazosini yengillashtirdi. Shulardan 14 nafari ozod qilindi va oilalariga qaytarildi.
Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tasdiqladi. U bunga qadar Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi Yunusobod tumanidagi 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan yerni («Universam») olib, «Urban Developers»ga berish to‘g‘risidagi Toshkent hokimi qarorini haqiqiy emas deb topdi.
2020 yilda O‘zbekiston fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 291 182 ish ko‘rib chiqilgan, ularning asosiy qismini bitimlar, ajralishlar va binolarni ruxsatsiz buzish bilan bog‘liq ishlar tashkil qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting