Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Sudlanganlar esa 27 999 nafarni tashkil etgan. Shundan 7 110 nafariga qamoq jazosi tayinlangan. Yil davomida 781 nafar shaxs oqlangan.
21 dekabr kuni sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.
Oktyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining uch nafar sudyasi poytaxtda mast holda YPX xodimini kaltaklagan edi. Ularning ikki nafari ishdan bo‘shatildi, yana bir nafariga xayfsan berildi. Oliy sud o‘tgan 11 oyda o‘zini munosib tutmagan 8 nafar sudyaning bo‘shatilgani, yana 27 nafariga intizomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qildi.
Andijon shahrida fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan Oliy sud hukmi o‘qildi. Aybdorlarga 10, 9 va 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Toshkent shahar ma’muriy sudi UzAuto Motors AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini qanoatlantirdi. Qo‘mitadan UzAuto Motors tomonidan to‘langan davlat bojini undirilishi belgilandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sud qarori ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi.
Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Chiroqchi tumanida gumondor fuqaroni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan sobiq IIB xodimlariga hukm chiqarildi. Unga ko‘ra, N.Ovlayev 9 yilga, A.Janqabilov 8 yil 6 oyga, Sh. Raxmonov 6 yilga, A.Tojinorov 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. B.G‘ayratovga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni 18 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlangani munosabati bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
2020 yilning birinchi yarmida ma’muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi. Shulardan 120,5 ming nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoqqa olish va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 19 mingdan ortiq ajrim to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqib, ularning 11 mingga yaqinini qanoatlantirdi.
Pandemiya davrini o‘z ichiga olgan yarim yil mobaynida O‘zbekistonda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvand vositalariing noqonuniy aylanishi, qo‘shmachilik, fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshdi.
O‘zbekiston Harbiy sudi sobiq mudofaa xodimi A. Yarbabayev va uning rafiqasi Ye. Yarbabayevani davlatga xoinlik qilganlikda aybdor deb topdi. A. Yarbabayevga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning turmush o‘rtog‘i esa 3 yilga sinov muddati belgilangan holda shartli ravishda jazodan ozod etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting