«otb» tegli maqolalar


OTB oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga yordam berish uchun O‘zbekistonga $500 mln kredit ajratadi
5 oktabr 2022, 16:04

OTB oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga yordam berish uchun O‘zbekistonga $500 mln kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston hukumatiga aholini barqaror narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, yil oxirigacha 8,9 mln nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga to‘lovlar to‘lash va qaytgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratadi.

OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga qarab boshqarish loyihasi uchun $150 mln qarz beradi
28 sentabr 2022, 16:09

OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga qarab boshqarish loyihasi uchun $150 mln qarz beradi

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish» loyihasi uchun bitim imzoladi. OTB loyiha uchun 25 yil muddatga va 5 yillik imtiyozli davr bilan $150 mln qarz ajratadigan bo‘ldi. Prezident mazkur bitimni ma’qullab, qaror qabul qildi.

OTB O‘zbekistonga $150 mln kredit va $3 mln grant ajratadi
1 sentabr 2022, 14:15

OTB O‘zbekistonga $150 mln kredit va $3 mln grant ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun 150 mln dollar kredit va 3 mln dollar grant ajratadi. Loyiha hukumatning yuqori qiymatli ekinlarni yetishtirishga o‘tish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

OTB tavsiyalari: budjet mablag‘larini samaraliroq sarflash va soliqlarni optimallashtirish
23 aprel 2022, 13:20

OTB tavsiyalari: budjet mablag‘larini samaraliroq sarflash va soliqlarni optimallashtirish

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’ati Ukrainadagi urush tufayli sezilarli darajada sekinlashadi, biroq yanada samaraliroq budjet xarajatlari va yashil moliyalashtirish kelgusida o‘sishning tezlashishiga xizmat qilishi mumkin. Osiyo taraqqiyot banki o‘z prognozlariga tayangan holda, beqarorlik va risklar davrida hukumatlarga budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq tavsiyalar bermoqda.

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi
7 aprel 2022, 10:54

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo (111 km) va Buxoro (87 km) viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun 273,8 mln dollar miqdorida qarz mablag‘larini ajratmoqda.

Prezident YeTTB va OTB rahbarlarini qabul qildi
24 mart 2022, 18:13

Prezident YeTTB va OTB rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil Reno-Basso xonim hamda Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi. Uchrashuvlarda sheriklik munosabatlarini kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni tayyorlashga kelishib olindi.

«O‘zsuvta’minot» Sirdaryoda OTBning 7 mln dollari talon-toroj qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi
23 dekabr 2021, 13:18

«O‘zsuvta’minot» Sirdaryoda OTBning 7 mln dollari talon-toroj qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi

«O‘zsuvta’minot» Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayevning Xovos tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish jarayonida OTBning 7 mln dollar talon-toroj qilingani haqidagi bayonotini rad etdi. Ta’kidlanishicha, mablag‘larning 6,2 mln dollari Jahon bankiga, 1 mln dollari esa O‘zbekistonga tegishli hamda «ushbu mablag‘lar talon-taroj qilinmagan».

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 162 mln dollarlik kredit ajratadi
17 dekabr 2021, 09:25

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 162 mln dollarlik kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot bankining 162 mln dollarlik loyihasi doirasida Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasi elektrlashtiriladi. «Buxoro-Xiva» liniyasining elektrlashtirilishi yillik yo‘lovchi tashish hajmini 2026 yilga kelib uch yarim barobardan ziyodga oshiradi. Loyiha natijasida yillik yuk tashish hajmi 2026 yilda jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $100 mln kredit ajratadi
10 dekabr 2021, 17:04

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $100 mln kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatini kengaytirish va ular uchun qulay muhitni yaratish maqsadida 100 mln dollar kredit ajratadi. Bunda kredit OTB maxsus dasturining birinchi kichik qismini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi va 20 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘ so‘mda taqdim etiladi.

OTB O‘zbekistonda STEM ta’limni rivojlantirishga 100 mln dollar ajratadi
10 iyun 2021, 12:57

OTB O‘zbekistonda STEM ta’limni rivojlantirishga 100 mln dollar ajratadi

OTB O‘zbekiston maktablarida STEM ta’limni rivojlantirishga 100 mln dollar ajratadi. Loyiha bo‘yicha darsliklarning standartlarini yaxshilash, o‘qituvchilarni tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish ko‘zda tutilgan.

Ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi
23 dekabr 2020, 11:24

Ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston, Jahon banki, Masdar kompaniyasi (BAA) va Osiyo taraqqiyot banki 100 MVt kuchga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit va sug‘urta shartnomalarini imzolashdi. Navoidan 35 uzoqlikda joylashadigan stansiya 2021 yildan boshlab «Milliy elektr tarmoqlari» ga elektr energiyasini yetkazib beradi.

OTB rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi
10 dekabr 2020, 17:34

OTB rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi

Osiyo taraqqiyot banki bu yil mintaqadagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‘sish prognozlarini -0,7% dan -0,4% gacha yaxshiladi. Markaziy Osiyo YAIMining prognozi 2020 yilda 2,1% darajasida saqlanib qolinadi.

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB
15 sentabr 2020, 14:15

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB

Osiyo taraqqiyot banki 2020 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi o‘sishi bo‘yicha prognozini 0,5%gacha pasaytirdi. Tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, bunga COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish sabab bo‘lmoqda. Biroq, 2021 yilda YAIM 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

OTB vitse-prezidenti — investitsiyalarning to‘rtta yo‘nalishi haqida
11 avgust 2020, 13:52

OTB vitse-prezidenti — investitsiyalarning to‘rtta yo‘nalishi haqida

Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shisin Chen Osiyo mamlakatlariga pandemiya sababli yuzaga kelgan inqirozni yengishda yordam beradigan to‘rtta yo‘nalishni taklif qildi. Ular orasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalari ham bor.

OTB sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun O‘zbekistonga $100 mln ajratadi
3 avgust 2020, 16:49

OTB sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun O‘zbekistonga $100 mln ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining favqulodda vaziyatlarga chidamliligini mustahkamlash maqsadida 100 mln dollar ajratadi. Loyiha doirasida COVID-19ga qarshi samarali javob berish va test o‘tkazish tizimlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting