Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Buxoro, Farg‘ona, Samarqand va boshqa viloyatlarda pnevmoniya holatlari ko‘paygani ta’kidlandi. Respublika maxsus komissiyasiga malakali mutaxassislardan iborat guruhlar tuzib, har bir hududga yuborish hamda bemorlarni davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiyani jilovlashda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh shifokorlar, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari va boshqalarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Pandemiya davrini o‘z ichiga olgan yarim yil mobaynida O‘zbekistonda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvand vositalariing noqonuniy aylanishi, qo‘shmachilik, fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshdi.
Prezident farmoni bilan soliq imtiyozlari va preferensiyalari muddatlari uzaytirildi, umumiy ovqatlanish sohasi va ijara beruvchilar aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilindi, ularga boshqa yengilliklar ham berildi.
Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan bir qator topshiriqlar berdi. Xususan, koronavirus bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi, shifoxonalarni qo‘shimcha O‘SV apparatlari va boshqa uskunalar, dori-darmon bilan ta’minlash, yangi davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, PSR-tahlil natijalarini tezlashtirish choralari belgilandi.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar aniq ma’lumot va tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli kutilgan natijalarni berayotgani yo‘q, deya ma’lum qildi prezident. «Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va mas’ullarning miyasi soat mexanizmiday kunu tun, aniq va bexato ishlashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Yilning ikkinchi choragida ish vaqti hajmi 14 foizga kamaydi, bu — 400 mln ish joyining yo‘qolishiga tengdir. XMT ekspertlari ish o‘rinlari yana 11,9 foizga, ya’ni 340 million ish joyiga qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting