Shavkat Mirziyoyev uyda davolanayotgan alomatlarsiz bemorlar bilan poliklinikalar shifokorlari doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha topshiriq berdi. «Chiqish man etiladi. Olib kelib beramiz hamma narsani. Agar u ko‘chaga chiqsa zararlanish ehtimoli 200 foiz boshqa odamlarning», — dedi prezident.
Prezident kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlarni O‘zbekistonga tezkor yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rishni topshiriq berdi. Buning uchun, agar kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan bir qator topshiriqlar berdi. Xususan, koronavirus bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi, shifoxonalarni qo‘shimcha O‘SV apparatlari va boshqa uskunalar, dori-darmon bilan ta’minlash, yangi davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, PSR-tahlil natijalarini tezlashtirish choralari belgilandi.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar aniq ma’lumot va tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli kutilgan natijalarni berayotgani yo‘q, deya ma’lum qildi prezident. «Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va mas’ullarning miyasi soat mexanizmiday kunu tun, aniq va bexato ishlashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘nggi oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasini keskin buzganligi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish hamda karantin qoidalarini zaruriyatga ko‘ra kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkilotining pandemiya davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda davlat rahbari BMT shafeligida Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
Tadbirkorlar karantin qoidalariga amal qilishda sanitariya va yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan tushunarsiz va bir-biriga zid talablarga duch kelmoqda, deya ma’lum qildi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting