Qirg‘izistonda mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olish maqsadida chegaralararo to‘lov tizimlari, shu jumladan SWIFT tizimi faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Avvalroq banklarga faoliyatini to‘xtatib turish, 8 oktyabrdan boshlab esa soat 15:00 gacha ishlash tavsiya qilingan.
Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh spikeri va bosh vazir o‘zgardi. Muxolifatchi deputat Miktibek Abdildayev parlament spikeri etib saylandi, yaqinda qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov esa hukumat rahbari v. b. bo‘ldi. Prezident Sooronbay Jeenbekov qonuniy prezident ekanligini ma’lum qildi.
Qirg‘izistonda yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji O‘zbekistonda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston vaziyat tez orada barqarorlashuviga umid qilmoqda.
6 oktayabrdan boshlab Bishkekdagi tartibsizliklar manzarasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishga cheklovlar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari. Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomoni esa cheklovlar yo‘qligini e’lon qildi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Jogorku kenesh saylovlaridagi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi. 5 oktyabrda minglab fuqarolar norozilik namoyishiga chiqib, natijalarni bekor qilishni talab qilgan edi.
6 oktyabr kuni Qirg‘izistonda 4,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri Namangan, Andijon va Farg‘ona hududlarida ham sezildi.
Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan minglab fuqarolar namoyish o‘tkazdi. Ular Oq uy, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binolarini egallab oldi va sobiq prezident Almazbek Atambayevni ozod qildi. Davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov siyosiy kuchlarni aql bilan ish ko‘rishga chaqirdi va ovoz berish natijalari bekor qilinishi mumkinligi haqida aytdi.
Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rinlar uchun kurashgan 16 partiyadan atigi 4 tasi parlamentga kira oldi. Aholining saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi 56,2 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. So‘nggi uch yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 baravarga o‘sib, 2019 yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 818,4 mln dollarni tashkil etdi.
1 sentyabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlari ochiladi. Oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus testi (PZR) manfiy chiqqanlar karantinga olinmaydi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2 ming tonna un, 45 tonna xlor, 200 dona pirometr va shaxsiy himoya vositalari yetkazib berdi. Insonparvarlik yordamining umumiy qiymati 560 ming dollarga teng.
Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga koronavirus testlari va tibbiy asbob-uskunalarni o‘z ichiga olgan gumanitar yordam yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting