O‘zbekistonda aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda. Qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, elektron garov xatiga o‘zgartirishlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida amalga oshiriladi.
Qonunchilik palatasi fuqarolarga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi. Bepul bo‘ladigan xizmat mijozning roziligisiz kredit olish yoki pulli operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashga mo‘ljallangan.
Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Deputat Ilhom Abdullayev qimor o‘yinlarini reklama qilish bo‘yicha cheklovlar belgilanmaguncha bukmekerlar faoliyatiga ruxsat bermaslik kerakligini ta’kidladi.
Prezident 1993-yildagi eski qonun o‘rnini bosuvchi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilandi.
O‘zbekiston Qonunchilik palatasi ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik va ularni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilishini nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.
“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, MIZ ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari direksiyalar zimmasiga yuklatiladi.
Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka raqamli dalillar tushunchasi kiritilmoqda. Raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini mas’ul shaxslarga yoki sudga qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini tartibga soluvchi qonun imzolandi. Hujjat bilan ombudsmanning huquq va majburiyatlari belgilandi, xususan, u 5 yilga saylanadi va inson huquqlari bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. U fuqarolarning shikoyatlari asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati” yuritiladi.
O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berildi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Hujjat uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Prezident xalq tabobati sohasida ishlash huquqi yo‘q shaxslar tomonidan tashxis qo‘yish va davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilaydigan qonunni imzoladi. Bundan tashqari, xalq tabobatida ruxsat etilmagan usullardan foydalangan holda bunday xizmatlarni reklama qilish taqiqlandi.
O‘zbekistonda endi faqat psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslargina psixologik yordam ko‘rsatishi mumkin. Psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi.
Foto va videokuzatuv vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak, aks holda haydovchi javobgarlikka tortilmaydi. IIV ma’lumotlar bir necha kundan keyin, hatto bir necha oydan keyin ham kelishi mumkinligini ta’kidlagandi edi.
Senat 1993-yildan beri amalda bo‘lgan “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanmoqda.
Senatorlar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda qurilish qilish, uchastka bilan ta’minlash tartibini buzish va tabiiy resurslarga mulk huquqini buzish uchun jazo choralarini kuchaytirishni ma’qulladi.
Senatorlar O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olishga qarshi kurashishda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.
Prezident hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlarini taqsimlovchi qonunni imzoladi. Kengashning vakolatlari kengaytirilib, unga so‘rovlar yuborish va tekshiruvlar olib borish huquqi berilmoqda. Hokim kengash qarorini bekor qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Kosmosni, shu jumladan, Oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlar faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Bu kosmosni o‘rganish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, resurslar va bilimlar almashinuvi uchun imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting