«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun yangi tahririda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tizimi soddalashtirilmoqda, jamoat joylarida ibodat libosida yurishga qo‘yilgan taqiq bekor chiqarilib, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. Bundan tashqari, diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasini olgach tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi joriy qilinmoqda.
Prezident O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. 2005 yilgacha mamlakatga kelgan, shuningdek, mamlakatda 15 yildan beri muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari deb tan olinishi mumkin.
Prezident o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danaginining importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolar ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli ekanligini belgilovchi qonunni imzoladi. Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda 9 nafar sudyadan iborat qilib qo‘yildi.
Prezident «Ekologik audit to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, atrof-muhitga ta’siri kam bo‘lgan sub’ektlar ixtiyoriy, ta’sir ko‘rsatish xavfi o‘rta yoki ko‘plari esa har yili auditdan o‘tkaziladi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha audit xulosasi tuziladi.
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonida ularni yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash O‘zbekistonda jismonan joylashgan texnik vositalar yordamida amalga oshirilishi kerak. Ushbu o‘zgartirishlar shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga kiritildi.
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda tovarlarning narxlari chet-el valyutalari va shartli birliklariga bog‘lanishi mumkin. Bundan tashqari, faqat 1 mln dollardan ortiq loyihalarning tender hujjatlari kelishilishi ham belgilanmoqda.
Davlat rahbari madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlariga oid qonunga imzo chekdi. Ushbu hujjat 29 yil deganda birinchi marotaba qabul qilinmoqda. Qonun bilan madaniyat muassasa va tashkilotlariga “Milliy” yoki “Akademik” maqomi Hukumat taqdimnomasiga binoan prezident tomonidan berilishi belgilanmoqda.
Senatorlar madaniyat sohasiga oid qonunni ma’qulladi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ta’kidlashicha, «Avvallari bu sohada yakdil, uning hamma yo‘nalishlarini qamrab oluvchi qonun darajasidagi hujjat bo‘lmagan».
Biologik materiallar yordamida odamning shaxsini aniqlash, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish yoki biologik qarindoshlikni aniqlash kabi faoliyatlarni tartibga soluvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Prezident «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga muvofiq, davolanish muddati 18 oydan oshmaydi hamda davlat maslahat berish-tashxis qo‘yish, davolash, psixoprofilaktik, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Konstitutsiyaviy sud raisi Baxtiyor Mirboboyevga qaratilgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi. Unda Konstitutsiyaviy sudning sudyasi 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi «qoida tariqasida», ya’ni majburiy talab sifatida qabul qilinishi kerak emasligi, B.Mirboboyevning vakolat muddati 2017 yildan hisoblanishi hamda qonun buzilishi holatlari mavjud emasligi ta’kidlanadi.
Oliy Majlis palatalariga xo‘jalik boshqaruv organlari, jumladan, «O‘zbekneftgaz», Uzbekistan Airways, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar rahbarlarining kompaniyalar faoliyatiga doir axborotlarini eshitish vakolati berildi.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladilar. Unda davlat organlari vakolatlariga aniqlik kiritilib, ta’lim shakllari, pedagoglar, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquq va majburiyatlari belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting