«qoraqalpog‘iston» tegli maqolalar


Nurullan Erlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi
8 yanvar 2025, 15:44

Nurullan Erlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi

Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib Nurullan Erlepesov Umirzakovich tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
27 dekabr 2024, 12:20

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi belgilandi. Akademiya faoliyati 2025-yilning 1-oktabridan yo‘lga qo‘yilib, unda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
23 dekabr 2024, 21:06

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi.

Yigirmaga yaqin bola uchta Damas`da Andijondan Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi
20 dekabr 2024, 15:02

Yigirmaga yaqin bola uchta Damas`da Andijondan Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi

Andijon viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchilari Damas mashinalarida Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi. Avtomobillar Buxoro hududida to‘xtatib qolingan.

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi
19 dekabr 2024, 16:34

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bungacha Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston transport vaziri v.b. tayinlandi
8 oktabr 2024, 21:54

Qoraqalpog‘iston transport vaziri v.b. tayinlandi

Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston transport vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bungacha xususiy sektorda, shuningdek, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Qoraqalpog‘istonda Lacetti urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi
6 oktabr 2024, 15:02

Qoraqalpog‘istonda Lacetti urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

Nukus-Shumanay-Taxtako‘pir yo‘lida belgilanmagan joydan o‘tayotgan velosiped haydovchisini Lacetti urib yubordi. Oqibatda 32 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi onasi va qarindoshlari tomonidan kuch ishlatilib sinfdan olib ketildi
20 sentabr 2024, 11:58

Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi onasi va qarindoshlari tomonidan kuch ishlatilib sinfdan olib ketildi

Ellikqal’a tumanidagi maktabda 1-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan kuch ishlatib majburan sinfdan olib ketildi. Vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan.

Foto: Qoraqalpog‘istonning Borsakelmas hududida ekomarafon o‘tkazildi
16 sentabr 2024, 11:32

Foto: Qoraqalpog‘istonning Borsakelmas hududida ekomarafon o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas sho‘rxok hududida o‘tkazilgan “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” xalqaro ekomarafonida 11 ta davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etdi. Ular orasida Nike elchisi Farah Majid va Adidas vakili G‘ani Sulaymon ham bor. Foto.

Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
23 avgust 2024, 13:34

Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Prezident yaqinda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazgan Nukus shahri “Oq qush” majmuasidagi o‘tov dunyodagi eng katta o‘tov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.

Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalar uchun yerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi
20 avgust 2024, 12:36

Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalar uchun yerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi

Prezident Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish tartibini ma’qulladi. Hozirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerlar Nukus shahrida 1 mln dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investitsiya kiritish sharti bilan berilmoqda.

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi
20 avgust 2024, 09:33

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi

BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan.

S.Mirziyoyeva va T.Xudaybergenov Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga oid topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi
19 avgust 2024, 22:44

S.Mirziyoyeva va T.Xudaybergenov Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga oid topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va davlat rahbari maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovga yuklatildi. Prezident Kegeyli tumanida o‘tgan yig‘ilishda hududni rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlarni sanab o‘tdi.

Prezident shoshilinch tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi
19 avgust 2024, 19:31

Prezident shoshilinch tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi

Prezident Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi. Bu mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda “noldan” qurilgan birinchi ko‘p tarmoqli shifoxona, deb ta’kidladi davlat rahbari matbuot xizmati.

Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda
19 avgust 2024, 17:07

Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda

Prezidentga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi reja qilingan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Saudiya Arabistoni bilan Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya bilan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish hamda Germaniya bilan misni qayta ishlash loyihalari rejalashtirilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda ikkita SHES qurilishi boshlandi
19 avgust 2024, 15:57

Qoraqalpog‘istonda ikkita SHES qurilishi boshlandi

Prezident Qoraqalpog‘istonda Xitoy va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Shuningdek, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyati boshlab berildi.

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi
13 avgust 2024, 12:53

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi

Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi.

Qoraqalpog‘istondagi mahallalar qariyb 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlar o‘tkazgani aniqlandi
9 avgust 2024, 22:42

Qoraqalpog‘istondagi mahallalar qariyb 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlar o‘tkazgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda mahallalar 48 ta holatda qariyb 10 mlrd so‘mlik tenderlarni qonun talablariga nomuvofiq o‘tkazgan, deb topdi Raqobat qo‘mitasi. Xarid natijalari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi
7 avgust 2024, 11:23

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani hokimliklarining normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Nukusda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi
19 iyun 2024, 16:09

Nukusda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqaroni majburan shifoxonaga joylashtirib, uning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting