Beruniy tumanida o‘nga yaqin bog‘cha bolasini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan iPhone 15 Pro Max telefonini olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda. Mansabdor so‘ralgan telefonni olib kelmasa, fuqaroning shaxsiy sirini fosh qilib, uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi pastlikka quladi. U voqea joyida halok bo‘ldi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili 27-sonli manzil koloniyada monitoring o‘tkazdi. Barcha mahkumlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning 47 nafariga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qo‘yildi. Ularga statsionar davo muolajalari buyurildi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga borib, 423 metrli yangi ko‘prikni ochib berdi. U poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. “Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir”, — dedi prezident.
Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida idoralar hamda ekofaol yoshlar tomonidan Orol dengizi tubida saksovul ekish ishlari boshlandi. 2024-yilda jami 150−200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.
TATUning Nukus filiali direktori sifatida ishlab kelgan Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi. U mashhur yozuvchi Tulepbergen Kaipbergenovning o‘g‘li hisoblanadi.
Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.
Qoraqalpog‘istonda 1 metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 2900 so‘m, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 5700 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, oqova suvi narxi ham oshdi.
Qoraqalpog‘istondagi gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida — soat 06:00 dan 15:00 gacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga qariyb 100 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparati sovg‘a qildi.
Ellikqal’a tumanida 13 yoshli qizni qo‘shni erkak zo‘rlagani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Nukusdan taxminan 150 km uzoqlikda, Mo‘ynoq tumanida, mahalliy aholi “Suvi duchchi” (o‘zbekchasiga “suvi chuchuk”) deb atagan, xaritalarga Sudochye nomi bilan kiritilgan ko‘llar tizimi bor. U yerga boradigan to‘g‘ri va tekis yo‘l yo‘q, shu bois masofani bosib o‘tishga 4 soatcha vaqt ketadi. “Gazeta.uz” reportaji.
Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Ziyauatdin Zaitov Nukus tumani hokimi etib tasdiqlandi. U bungacha Chimboy tumani IIB boshlig‘i, Qo‘ng‘irot tumani hokimi, Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. O‘tgan yilning iyul voqealari vaqtida Nukus shahri IIBni boshqargan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.
Qorao‘zak tumanida Qozog‘istonda ishlovchi turmush o‘rtog‘i bilan janjallashishi oqibatida farzandini urib haqorat qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bolalar ota qaramog‘iga topshirildi.
Hisob palatasi Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 14,2 mlrd so‘mlik asossiz ravishda mablag‘lar sarflanishi holatlarini aniqladi.
Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san’at sohasi vakillari va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, gastrol safarlarini moliyalashtirish kabi ishlar uchun Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Unga O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yil uchun ajratilgan pullardan 20 mlrd so‘m yo‘naltiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting